AQŞdagi huquqni himoya qiliş taşkiloti Protect democracy project (PDP) sud orqali AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyatidan 7 aprelda Suriya hududini qanotli raketalar bilan öqqa tutganini tuşuntirib berişni talab qilmoqda. The New York Times naşrining ma'lum qilişiça, Tramp ma'muriyati ustidan da'vo arizasi Vaşingtondagi Kolumbiya okrugi federal sudiga topşirilgan.
PDP Oq uy zarbadan bir oy ötgaç hali ham zarba berişga nima asos bölganiga huquqiy tuşuntiriş bermaganidan şikoyat qilmoqda. Avvalgi prezident Barak Obama ma'muriyati huquqşunoslari guruhidan bölgan huquq himoyaçilari bu masala böyiça javobgarlar sifatida AQŞ adliya, mudofaa vazirliklarini va Davlat departamentini körmoqçi. Uşbu idoralarda da'voga javob beriş uçun 20 kun vaqt bor.
4 aprelda Suriya muxolifati Suriya armiyasi tomondan Xon-Şayxunda kimyoviy qurol qöllanganini ma'lum qilgan. Ta'kidlanişiça, uşbu hujum oqibatida 87 kişi halok bölgan va 200 dan köproq kişi yaralangan. Damaşq bu voqeaga aloqasi yöqligini ta'kidlaşiga qaramasdan, Donald Tramp 7 aprelga ötar keçasi Suriyadagi Şayrat aerodromiga zarba berişga buyruq bergan. Aerodromga 58 ta qanotli raketa bilan zarba berilgan.
Taxminlardan biriga köra, Trampga zarba beriş qarorini qabul qilişda qizi Ivanka ta'sir körsatgan. The Independent naşrining ta'qidlaşiça, Ivanka Xon-Şayxunda qurbon bölganlar va jarohatlanganlar tasvirlangan lavhalardan ta'sirlanib otasiga zarba beriş lozimligini uqtirgan. Keyinroq u bu taxminlarni rad etgan.












