«Monako»ga qarşi ötgan çempionlar Ligasi yarim finali javob uçraşuvida Dani Alves özi ham gol urib, yana bir golga uzatma berib, «Yuventus»ning ğalabasiga juda katta hissa qöşdi va haqli ravişda uçraşuvning eng yaxşi öyinçisi deb topildi. Uşbu ğalabadan keyin Massimiliano Allegri şogirdlari ikki uçraşuv natijasiga köra (2:0, 2:1) finalga yöl oldi.
Jardim Falkaoga işongandi

Agar narsalarni öz nomi bilan ataydigan bölsak, «Yuventus»ning «Monako»ga qarşi jangi taqdiri olti kun avval hal qilib qöyilgan edi. «Lui II» stadionida Gonsalo Higuainning dubli «keksa sinora»ga çempionlar Ligasi finaliga çiqişini amalda ta'minlab bölgan edi. Monakoliklar, albatta, finalga yöllanma uçun imkoniyatlari kamligini özlari ham yaxşi tuşunib turişgindi, biroq Turinda haqiqiy jang va'da qilişayotgandi. Aks holdda ularni heç kim tuşunmasdi.
— «Yuventus» bizga köp muammolar yaratdi, şu sababli nimanidir özgartirişga majbur bölamiz. Ularning safida ayniqsa Dani Alves özini körsatdi. Buning hayratlanarli joyi yöq, u bunday darajadagi öyinlarni köraverib, közi pişib ketgan buyuk futbolçi. Agar biz yutişni istasak, özimizning eng yaxşi öyinimizni namoyiş etişimiz kerak. Biz Radamel Falkaodan köp narsa kutayapmiz. Biz yomon fikrlarni bir çekkaga yiğiştirib qöyib, faqat hujum qilişimiz kerak. Birinçi öyinda darvoza tomon zarbalarimiz soni italyanlarniki bilan teng böldi. Biroq, raqiblarimizniki samarali çiqib qoldi. Öz-özidan ravşanki, «Yuventus» bizga nisbatan tajribaliroq jamoa. Yutqazganimizga sabab, yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Turinda esa öz orzumizni röyobga çiqarişga harakat qilamiz. Maqsadimiz — finalga çiqiş. Men öz futbolçilarimdan faxrlanaman», — degan edi «Monako» murabbiyi Leonardo Jardim.
Xedira Markizioni 10 daqiqa almaştirdi
Agar Jardim Falkao haqida gapirgan bölsa, muxlislar uçun jamoadagi qiziq şaxs — 18 yoşli Kilian Mbappe bölib turibdi. Nihoyatda iqtidorli yoş fransuz yigitçasining 39 yoşli Janluiji Buffon bilan qarama-qarşiligi bu yarim finalga özgaça tus berayotgan edi. Albatta, Monakoda «Yuventus»ning tajribali himoya çiziği YeÇLning uşbu pley-off bosqiçida 5ta gol urişga ulgurgan Mbappeni zararsizlantirişni uddalagandi, lekin hujumçining oldida öz maqsadiga yetişiş uçun yana 90 daqiqa bor edi.
Kutilganidek, Mbappe va Buffon birinçi daqiqalardan harakat qilişdi. Massimiliano Allegri «Yuventus»ning boşlanğiç tarkibida faqat bitta özgariş qildi: diskvalifikatsiyasini ötagan Xedira maydon markazida Klaudio Markizioni almaştirdi. Lekin germaniyalik futbolçi 10-daqiqada muşaklarni çözib olib, örnini yana Markizioga böştib berdi. «Monako» asosiy tarkibiga bu marta Andrea Raji, Benjyemen Mendi va Joau Mountinyu kiritildi. Bir hafta muqaddam Jardimning körsatmalarini köngildagidek bajarmagan Fabino va Toma Lemar zaxirada qoldirildi. Sönggi daqiqalarda Nabil Dirrar qaydnomadan tuşib qoldi.
















