Yevropa çempionlar ligasining 1/2 finalidan örin olgan dastlabki yarim finalning javob uçraşuvi bölib ötdi.
Turinda bölib ötgan uçraşuvda «Yuventus» «Monako»ni qabul qilib, javob uçraşuvida ham ğalaba qozonişning uddasidan çiqdi.
Uçraşuvning 33-daqiqasida Mario Mandjukiç Dani Alveşning uzatmasidan keyin hisobni oçgan bölsa, 44-daqiqada Alveşning özi hujumning ikkinçi tempida töpni qabul qilib olgan holda ajoyib golga mualliflik qildi.
Ikkinçi bölimda esa Kilian Mbappe örtadagi farqni bittaga qisqartirişga muvaffaq böldi. Biroq bu hattoki javob uçraşuvida ham ijobiy natijaga erişiş uçun yetarli bölmadi. 2:1, mehmondagi 2:0 hisobidagi ğalaba —umumiy hisobda 4:1 hisobda ğalaba qozongan «Yuventus» final yöllanmasini qölga kiritdi.
Ikkinçi finalçi ertaga bölib ötadigan «Atletiko» va «Real» jamoalari örtasidagi uçraşuvda (birinçi uçraşuv 3:0, «Real» foydasiga) aniqlanadi.
Yevropa çempionlar ligasi, 1/2 final
Yuventus (Italiya) – Monako (Monako) 2:1 (2:0)
Gollar: Mandjukiç (33), Dani Alveş (44) – Mbappe (69).
Yuventus: Buffon, Bonuççi, Kellini, Aleks Sandro, Bardzali (Benatiya, 85), Pyaniç, Xedira (Markizio, 10), Dani Alveş, Mandjukiç, Dibala (Kuadrado, 54), Iguain.
Monako: Subaşiç, Jyemerson, Glik, Rajji, Sidibe, Mendi (Fabino, 55), Bernardu Silva (Lemar, 69), Moutino, Mbappe, Bakayoko (Jyermen, 78), Falkao.
Ogohlantirişlar: Falkao (40), Mendi (51), Bonuççi (74), Mandjukiç (90).
Dastlabki uçraşuv – 2:0.












