3 iyun kuni Uelsning Kardiff şahri Çempionlar ligasining final uçraşuviga mezbonlik qiladi. Şu kuni «Millenium» stadionida Madridning «Real» va Turinning «Yuventus» klublari töqnaşadi.

Yarim finalning birinçi juftligida «Yuventus» har ikki öyinda ham «Monako»dan ustun kelgandi. Madrid jamoalari iştirokida ötgan ikkinçi juftlik bahslarida esa «Real» ustun çiqdi.

«Santyago Bernabeu»da keçgan birinçi öyinda Kriştianu Ronalduning het-trigi «Real»ning yirik ğalabasini ta'minlagandi. Javob öyinida «Atletiko» 2:1 hisobida ğalaba qildi, ammo bu final uçun yetarli bölmadi.

Foto: @ChampionsLeague

Qayd etiş kerakki, Çempionlar ligasida ketma-ket ikki bor ğolib çiqiş hozirça heç bir klubga nasib qilmagan. «Real»da bu borada birinçi böliş imkoniyati mavjud.

Qarama-qarşilik tarixi

Çempionlar ligasida «Real Madrid» va «Yuventus» pley-off bosqiçida 6 marta uçraşgan. 1998 yili YeÇL finalida ham uşbu jamoalar töqnaşuvi kuzatilgan va öşanda madridliklar a'zosi, yugoslaviyalik Predrag Miyatoviç urgan yagona gol ğalabani ta'minlagan (bu gol ofsayddan urilgani iddao etiladi). Öşanda «Real»ning bugungi kundagi ustozi Zinedin Zidan «Yuventus» safida maydonga tuşgan. Turinliklar jamoasiga Marçello Lippi boş murabbiy edi, «Real»ni Yupp Xaynkes boşqargan. Öşa uçraşuv Miyatoviç faoliyatidagi çöqqi böldi – bir yil ötib u NATO Yugoslaviyani bombardimon qilişiga qarşi noroziligini bildirib, öynaşdan boş tortdi, keyinroq «Real» uni sotib yubordi.

Foto: UEFA
Foto: UEFA

«Byankoneri» şundan buyon YeÇL finalida «qaymoqranglilar» bilan boşqa uçraşmadi, pley-off bosqiçida esa ikki mavsumda töqnaş kelindi va bu bahslarda ular madridliklarni ortda qoldirişdi. 2003 yilgi turnir yarim finalidagi birinçi uçraşuv Madridda keçgan va mezbonlar 2:1 hisobida ğalaba qozongandi, javob öyinida esa «Yuventus» 3:1 hisobida ğalaba qozondi, ammo bu uçraşuvda Pavel Nedved jarohat olib safdan çiqdi, jamoa finalda «Milan»ga yutqazdi (asosiy vaqtda 0:0, penaltilar böyiça 2:3).