GFR moliya vaziri Volfgang Şoyble yevrohudud mamlakatlari yagona parlamentini taşkil etiş taşabbusi bilan çiqdi. U Yevropa integratsiyasini mustahkamlaş maqsadida yaratilişi mumkin.

"Men bu haqda Emmanuel Makron bilan gaplaşdim: Yevropa parlamenti a'zolari bilan yevrohudud parlamentini yaratiş mumkin edi, u Yevropa barqaror mexanizmiga kömak berişga qodir bölardi", - deya ma'lum qildi Şoyble Italiyaning La Repubblica gazetasiga bergan intervyusida.

Germaniyalik vazir Fransiyaning yangi prezidenti iqtisodiy dasturining “yevropaça” punktlariga izoh berdi, xususan, yagona moliya vazirligini taşkil etiş va yevrohududda yagona byudjyetni olib boriş borasida töxtalib ötdi.

"Prezident Makron va men bir fikrdamiz. Yevrohududni mustahkamlaş uçun ikki usul bor: Traktatlarni (YeI uçun asos bölgan Rim kelişuvlari) özgartiriş yoki buni hukumatlararo aloqalar pragmatik yöli orqali qiliş. Traktatlarni özgartiriş milliy parlamentlar tomonidan tasdiqlanişi kerak, ba'zi davlatlarda esa buning uçun referendum ham talab etiladi. Ayni damda bu noreal, hozirda biz bor bölgan instrumentlardan foydalanib, oldinga qarab harakatlanişimiz kerak", - deya ma'lum qildi Şoyble. U 11-13 may kunlari Italiyaning Bari şahrida “katta yettilik” moliya vazirlari va markaziy banklari rahbarlari uçraşuvida iştirok etmoqda. Muzokaralar markazida barqaror ösişni ta'minlaş, iqtisodiy notenglikni kamaytiriş va kiberhujumlar bilan kuraşiş bor.