Avval xabar berilganidek, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning qaroriga binoan 2017-2018 öquv yilida oliy öquv yurtlariga qabullar uçun kvotalar 8 ming 409 taga köpaygan va jami 66 ming 316 nafar talaba qabul qilinişi e'lon qilingan edi. Şu munosabat bilan farğonalik ayrim ota-onalarning fikri bilan qiziqdik.

“Öğlim 2016 yilda Çirçiqda harbiy xizmatni ötadi. Afsuski, imtiyozga ega böla olmadi. Şunday bölsada, u öqidi-izlandi. Oliy ta'lim muassasalarining biriga hujjat topşirib, 125 ball töplay oldi. Lekin öqişga kira olmadi. Farzandimning öqişi va oliy ma'lumotli bölişini juda istagan edim”, deydi Feruzaxon Xojiakbarova. – “Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 maydagi qarorida test sinovlarini topşirib, ötiş balini töplay olmagan abituriyentlarga qöşimça imkoniyatlar yaratilganini köriş mumkin. Ya'ni, öqiş istagidagi yigit yoki qiz sinovlarda 68 ball töplay olsa, tölov-kontrakt pulining oşirilgan stavkasi evaziga talabalikka qabul qilinadi. Qöşimça qabul böyiça tölov-kontrakt pulining oşirilgan stavkasi abituriyentlar töplagan ballarga qarab Davlat komissiyasi tomonidan differentsiyalaşgan tartibda belgilanadi. Hozirça kontraktning narxi ma'lum emas”.

“Har bir ota-ona farzandi savodli, aniqroği, oliy ma'lumotli bölişini istaydi. Davlatimiz tomonidan şartnoma asosida tahsil olaman, degan talaba uçun imkoniyatlar bisyor. Bunga misol tarzida ta'lim kreditlarini ayta olaman. Farzandim bu yil 68 dan yuqoriroq ballga ega bölsa, albatta, öqitaman. Imkoniyatlardan foydalanaman. Prezidentimizga mana şu bölajak talabalarning onalari nomidan minnatdorçiligimni aytaman. Bu qaror biz kabi onalarning orzularini amalga oşirmoqda”, deydi Marğilon şahrida istiqomat qiluvçi Irodaxon Isaqova.
Ma'lumot örnida, joriy yilda Farğona viloyatidagi 4 ta oliy ta'lim muassasasi, jumladan, Farğona Davlat Universiteti 1600 nafar, Farğona Politexnika Instituti 1915 nafar, TATU Farğona filiali 340 nafar, Qöqon Pedagogika Instituti 1200 ziyod talabani öqiş uçun qabul qiladi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Farğona filiali bu yil 340 nafar talabani öqişga qabul qiladi. Xöş, mazkur oliy ta'lim muassasasi qöşimça talabalarni qabul qilişga tayyormi?











