Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Taşqi işlar vazirligi hamkorligida taşkil etilgan majlisda ŞHTga a'zo davlatlar – Özbekiston, Qozoğiston, Xitoy, Qirğiziston, Rossiya, Tojikiston, şuningdek, kuzatuvçi maqomiga ega davlatlar – Hindiston, Pokiston, Eron, Afğoniston va Belarusning yetakçi tadqiqot markazlari ekspertlari, ŞHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qömitasi va Kotibiyati, mamlakatimizda akkreditatsiyadan ötgan diplomatik korpus vakillari iştirok etmoqda. Bu haqda ÖzA xabar bergan.

Şanxay hamkorlik taşkiloti ötgan yillardagi faoliyati davomida nufuzli xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar qatoridan munosib örin egalladi. Bugungi davlatlararo munosabatlar tizimida xavfsizlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta'minlaş, özaro manfaatli sohalarda turli loyihalarni amalga oşirişda samarali mexanizmga aylandi. Taşkilot jahon hamjamiyati e'tiborini butun dunyoga jiddiy xavf solayotgan terrorizm, ekstremizm va narkotrafikka qarşi kuraşiş masalalariga qaratmoqda. 

Şanxay hamkorlik taşkiloti Forumi a'zo davlatlarning ilmiy-tadqiqot va siyosiy markazlari faoliyatiga kömaklaşiş va ilmiy qöllab-quvvatlaş, ular örtasidagi aloqalarni kengaytiriş, şuningdek, ŞHT faoliyati samaradorligini oşiriş maqsadida uning faoliyatiga doir ayrim masalalar böyiça tadqiqotlar ötkaziş, tahliliy va prognoz materiallar, tavsiyalar tayyorlaş uçun köp tomonlama mustaqil ijtimoiy maslahat-ekspert mexanizmi hisoblanadi. 

Forum majlisining dastlabki kunida ŞHT taşkil topganining 15 yilligi munosabati bilan 2016 yil iyun oyida Toşkentda ötgan Davlat rahbarlari kengaşining majlisi yakunlari muhokama etilmoqda. Özbekistonning 2015-2016 yillarda taşkilotga raisligi davrida ŞHT faoliyatining samaradorligi va xalqaro nufuzini oşiriş borasida keng kölamli işlar bajarilgani ta'kidlandi. Ötgan yilgi sammitda imzolangan hujjatlar taşkilotning ustuvor yönalişlardagi faoliyatini yanada mustahkamlaş, mintaqada tinçlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta'minlaşga doir amaliy vazifalarni hal etişga xizmat qilmoqda. 

ŞHT Davlat rahbarlari kengaşining majlisida muhim hujjat – ŞHTning 15 yillik faoliyati yakunlari va istiqbolda uni rivojlantirişning ustuvor yönalişlari aks ettirilgan Toşkent deklaratsiyasi qabul qilinganini ta'kidlaş joiz. Taşkilotni kengaytirişga qaror qilingani esa sammitning yana bir muhim masalasi böldi. Davlat rahbarlarining uçraşuvi yakuni böyiça Hindiston va Pokistonning ŞHTga a'zo davlat maqomini oliş yölidagi majburiyatlari töğrisidagi memorandumlar ham imzolangan edi.