Senat yalpi majlisida “Baholaş faoliyati yanada takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimçalar va özgartiriş kiritiş töğrisida”gi qonun muhokama qilindi.

Qayd etilişiça, sönggi yillarda mamlakatda xususiy mulk daxlsizligi va mol-mulkning haqiqiy bozor bahosini şakllantiriş va uning işonçliligini ta’minlaş yuzasidan qator tizimli çoralar körilmoqda. Şuningdek, bugungi kunda amaldagi qonunçilik hujjatlariga muvofiq baholaş faoliyatiga oid ayrim muammolar saqlanib qolmoqda.

Xususan, sud ekspertlari va baholovçi taşkilotlar uçun umumiy baholaş qoidalari va tartiblari belgilanmagan. Natijada sohani takomillaştiriş yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş zarurati yuzaga kelgan.

“Baholaş faoliyati töğrisida”gi qonunga kiritilayotgan özgartirişga muvofiq endilikda baholovçi, nazorat qiluvçi yoki huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ötkaziladigan tekşirişlarda va boşqa tadbirlarda faqat baholovçi taşkilot hamda uşbu organlar örtasida tuzilgan şartnoma asosida ekspert sifatida ham iştirok etişi mumkin böladi. Bundan taşqari, “Sud ekspertizasi töğrisida”gi qonunga kamida uç yil iş stajiga ega bölgan sud ekspertlari baholaş töğrisidagi hisobotlarda qöllangan usullarning ilmiy jihatdan asoslanganligi nuqtai nazaridan sud ekspertizasini ötkazişi mumkinligi haqida qöşimçalar kiritilmoqda.

Sud ekspertining tekşirişlarni ötkazişda uning xulosasiga nisbatan belgilangan talablarga, şuningdek, tegişli sohadagi qonunçilik hujjatlariga rioya etiş böyiça majburiyati nazarda tutilmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.