27 mart kuni Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida "Sudyalar lavozimiga nomzodlar, amaldagi sudyalar va sud apparati xodimlarining öquv-ta'lim jarayonini taşkillaştiriş" mavzuidagi seminar bölib ötdi. Kun.uz muxbirining xabar berişiça, tadbirda Yevropa xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YeXHT)ning qöllab-quvvatlaşi ostida Kanada Milliy sudyalar institutining sud tizimi masalalari böyiça boş mutaxassisi Adel Kent va xalqaro hamkorlik guruhi direktori Brenda Kuper iştirok etişdi.

Foto: Sudyalar oliy maktabi

Kunning birinçi yarmida kanadalik ekspertlar özlarining sudyalar lavozimiga nomzodlarni öqitiş, sudyalar va sud xodimlarining malakasini oşirişga doir tajribasi bilan örtoqlaşişdi, ikkinçi yarmida esa Sudyalar oliy maktabi xodimlari bilan interaktiv maşğulotlar ötkazildi.

Foto: Sudyalar oliy maktabi

Sudyalar oliy maktabi, Fuqarolik huquqi kafedrasi professori Ilhom Nasriyevning ta'kidlaşiça, bu Sudyalar oliy maktabi taşkil etilganidan söng birinçi marta xorijiy mutaxassislar iştirokidagi seminar hisoblanadi.

"Prezident farmoni bilan 2019 yilning yanvar oyida Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi huzuridagi Odil sudlov muammolarini örganiş tadqiqot markazi negizida Sudyalar oliy maktabi taşkil etiladi va ayni damda u şakllaniş jarayonida - kadrlar tanlanmoqda, öquv dasturlari tuzilmoqda, taşkiliy masalalar körib çiqilmoqda. Bugun Kanadaning uşbu sohadagi mutaxassislari taşrif buyurişgan va ular öz tajribasini biz bilan örtoqlaşişadi. Biz şundan kelib çiqqan holda ma'lum töxtamlarga kelamiz, çunki bizning tariximizda ilk marta sudyalar alohida muassasada tayyorlanadigan bölmoqda. Şu paytga qadar sudyalar alohida bir muassasada tayyorlanmas edi, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oşiriş markazida tayyorlanardi".

Foto: Ilhom Nasriyev

Uning qöşimça qilişiça, istiqboldagi loyihaga köra, özbekistonlik professor va öqituvçilar guruhi Kanadaga borib, öquv jarayonlarini joyida örganişi közda tutilmoqda.