Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan eng katta mavzulardan biri bu «buxanka» non narxi oşişi böldi. Dastlab, buğdoy, un va non mahsulotlari narxi bozor tamoyillariga asosan erkin qöyib yuborilişi e'lon qilinganda hisobga-kitoblarga köra non narxi 1500 söm atrofida bölişi bildirilgandi. Ammo taxminlar özini oqlamadi va «buxanka» bahosi yana kötarila boşladi. Bu holatning sabablarini örganiş, közda tutilayotgan çora-tadbirlar bilan tanişiş maqsadida tahririyatimizga soha ekspertlarini taklif qildik.

Suhbatdoşlarimiz Moliya vazirligi agrosanoat majmuasi moliyasi va atrof-muhitni muhofaza qilişni moliyalaştiriş boşqarmasi boşliği Tölqin Mirzayev va Davlat statistika qömitasi narxlar statitistikasi boşqarmasi boşliği Muxtor Umarov bölişdi.

– Buxanka non narxining bu qadar keskin oşişiga nima sabab böldi? Axir reja böyiça narx 1450-1500 söm atrofida töxtaşi kerak ediku?

Tölqin Mirzayev, Moliya vazirligi agrosanoat majmuasi moliyasi va atrof-muhitni muhofaza qilişni moliyalaştiriş boşqarmasi boşliği

Tölqin Mirzayev: – Non narxi oşgani rost, ammo 2000-2500 sömga çiqib ketdi, degan gaplarga qöşilmayman. Narxning örtaça diapazoni 1600-1700 söm atrofida turibdi. Bu ham baribir prognozlarga nisbatan baland narx. Bunday vaziyat yuzaga kelişiga bir neça omillar sabab böldi:

1. Eng asosiysi, hali non işlab çiqaruvçilar örtasida haqiqiy raqobat muhiti şakllanib ulgurmadi, işlab çiqaruvçilarning norasmiy tarzda hududiy bölinişi (bir işlab çiqaruvçi çeklangan joyga mahsulot berişi) davom etyapti;

2. Non işlab çiqaruvçilar öz quvvatining 50 foizidan ortiqroğidan foydalanişyapti, bu jihatdan eskiça tartibda işlaşyapti, sababi, ularga oldin un çeklangan miqdorda berilgan, istasalar ham töla quvvat bilan işlay olişmagan. Ularning erkin tamoyillarga ötişi, mahsulot hajmini oşirişi va yangi bozorlar izlaşi uçun vaqt kerak. Hozir şu ötiş davri narxga ta'sir qildi;

3. Mavsumiy omil: agar non narxi erkinlaştirilişi buğdoy örimi mavsumiga töğri kelganida, balki biz narx oşişini sezmasdik ham. Ammo bilamizki, kuz-qiş mavsumida non iste'moli oşadi, talab köpayadi. Bundan taşqari, narx liberallaştiriluvi paxta terimi davriga töğri kelib qoldi. Bu mavsumda esa aynan buxanka nonga talab keskin oşadi;