Londonning «Çelsi» klubi hujumçisi Pedro Rodriges Angliya premer-ligasining aprel oyining eng çiroyli goli muallifi böldi. Bu haqda APL rasmiy tvitteri xabar bermoqda.

Manbaga köra, «Çelsi» vingerining «Everton»ga qarşi uçraşuvda (3:0) kiritgan goli sovrin taşkilotçilari tomonidan eng çiroylisi deb topilgan.

Eslatib ötamiz, bungaça ham Pedro oyning eng çiroyli goli unvonini qölga kiritgandi.