Ukraina milliy jamoatçilik teleradiokompaniyasi rahbari Zurab Alasaniya Rossiyada ötadigan 2018 yilgi futbol böyiça jahon çempionati uçraşuvlarining Ukrainada  namoyiş qilinişidan voz keçilişiga erişişga harakat qiladi. Alasaniya bu haqda "Telekritika" naşriga bergan intervyusida aytib ötgan. 

Alasaniyaning aytişiça, u lavozimidan keçib bölsa ham uçraşuvlarning namoyiş qilinişiga qarşi çiqadi. 

"Agar milliy terma jamoa u yerga borsa va mamlakat Rossiyaga borişi va u yerda iştirok etişi mumkin, deb hisoblasa, men kanal rahbari sifatida lavozimimni yöqotsam ham "Biz buni körsatmaymiz" deb aytaman. Men futboldagi yirik amaldorlardan bu haqda söraganimda ular bujmayib, "Işqilib, Ukraina öta olmasin" deb aytmoqdalar", deb ta'kidlab ötdi Alasaniya.    

Ukraina terma jamoasi özining saralaş guruhida 5 ta öyindan keyin 8 oçko töplab 3-örinni egallamoqda. Saralaş bosqiçi natijalarga köra, jahon çempionati finaliga guruhda birinçi örin egallagan jamoalar töğridan-töğri yöl oladilar, ikkinçi örin egallagan jamoalar jahon çempionatiga boriş huquqini qölga kiritiş uçun özaro bahslaşadilar. Ukraina guruhida Xorvatiya peşqadamlik qilmoqda (13 oçko), 2-örinni Islandiya (10 oçko) egallamoqda.