Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengaşi Boş vaziri Li Ketsyan bilan uçraşdi, deb xabar bermoqda ÖzA.
Boş vazir Özbekiston Prezidentining taşrifi ikki davlat örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş, özaro strategik şeriklik munosabatlarini mustahkamlaşga xizmat qilişini qayd etdi.
Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Xitoy bilan döstlik aloqalarini qadrlaşini, ikki mamlakatning özaro hamkorligi izçil rivojlanib borayotgani xalqlarimiz manfaatlariga mos ekanini ta'kidladi.
Davlat rahbarining Xitoyga davlat taşrifi davomida 100 dan ortiq hujjat imzolandi. Bu köp yillik savdo-iqtisodiy munosabatlar, Özbekiston va Xitoy örtasida barça sohalardagi aloqalar yangi bosqiçga kötarilganidan dalolat beradi.
Taşrif davomidagi uçraşuvlar köp qirrali munosabatlar kölamini kengaytiriş, özaro aloqalarning hozirgi holatini har tomonlama tahlil etiş va istiqbolli yönalişlarini belgilab oliş uçun qulay imkoniyat yaratdi.












