Juma kuni Emirates'ning Parijga parvoz qilayotgan A380 samolyoti Kipr aeroportiga qönişga majbur böldi. Bunga parvoz vaqtida homilador ayolning farzandni dunyoga keltirişi sabab böldi. Bu haqida yakşanba kuni aviakompaniya xodimlari ma'lumotiga asoslanib, Gulf News xabar berdi.
Yangi tuğilgan çaqaloq bilan şoşilinç qöndirilgan samolyot Larnaki Xalqaro aeroporti xodimlarini esankiratib qöydi, ona va bola tibbiy evakuatsiya qilindi va zarur tibbiy yordam uçun yaqin oradagi şifoxonaga yetkazildi.
"Emirates 2017 yilning 12 may kuni Dubay-Parij yönalişidagi parvozni amalga oşirayotgan EK075 reysi bortida yölovçi ayolning farzandli bölganini tasdiqlaydi. Biz parvoz davomida ayolni qöllab-quvvatladik, uning salomatligi hamda xavfsizligi, şubhasiz, birinçi örinda", - dedi Emirates vakili. - Natijada reys Larnaki Xalqaro aeroporti tomon yönalişni özgartirdi. Samolyot qayta quvvatlanib, taxminan 5 soatga keçikib Parijga parvoz qildi".
Emirates aeroporti siyosatiga köra, parvoz vaqtida yölovçi salomatligi ustuvor hisoblanadi.
Aviakompaniyaning tuğuruq vaqti yaqin qolgan homilador ayollarning parvozga qöyilmasligiga doir qoidasiga qaramay, ayolning nima uçun samolyotda közi yorigani hozirça noma'lum.











