"Arsenal" hujumçisi Aleksis Sançes APLning 37-turida "Stok Siti"ga qarşi öyinda gol va golli uzatma muallifiga aylandi. 

Şu tariqa, joriy mavsum Sançes hisobida 21ta gol va 11ta golli uzatma böldi va futbolçi 2016/17 yilgi mavsumda bu körsatkiçlar borasida "10+" natijaga erişgan ilk futbolçi böldi. 

Bundan taşqari, "Stok Siti" darvozasiga kiritilgan gol Sançes uçun APLdagi 50-gol böldi. Bu natijaga erişiş uçun hujumçi 101ta öyin ötkazdi.