12 may — Xalqaro hamşiralar kuni munosabati bilan Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligida hamşiralik işini yanada takomillaştiriş borasidagi dolzarb vazifalarga bağişlangan respublika anjumani bölib ötdi. Videoselektor formatda ötgan tadbirda tegişli davlat va jamoat taşkilotlar vakillari, Respublika ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va tibbiyot oliy öquv yurtlari olimlari, professor-öqituvçilar, poytaxtimiz va viloyatlardagi klinikalarning boş şifokorlari va mamlakatimizning barça hududlaridan hamşiralar iştirok etdi.
Anjumanni oçib bergan soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov hamşiralik işiga doir köplab masalalar qatori patronaj tizimiga ham alohida töxtalib ötdi.
"Hozirgi kunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan hamşiralarning muayyan qismi oilaviy poliklinika va qişloq vraçlik punktlarida tibbiy-profilaktika işlari bilan band bölib, patronaj hamşirasi sifatida tibbiy xizmatni bevosita xonadonlarga olib kirayotganligi quvonarlidir. Bugun patronaj hamşira haqida söz borsa, uni oilamizning bir a'zosi sifatida qabul qilayapmiz. Bu maqomga ularning tinimisiz mehnati, rejali va maqsadli xonadonlarga kirib borayotgani asos bölmoqda.
Bugun 32 milliondan ortiq aholi patronaj hamşiraning malakasi, bilimi va muomalasiga qarab, soğliqni saqlaş sohasiga baho beradi. Birgina patronaj hamşiraning mahorati soğliqni saqlaş tizimining yuqori böğinlarida ham ijobiy özgariş yasay oladi. Şunday ekan, birlamçi böğinda faoliyat yuritayotgan hamşira opa-singillarimizdan kasbga mehr, öz ustida doimiy işlaş, xonadonlarga kirib borganda muomala madaniyatiga töla rioya etiş kabi sohaning nozik jihatlariga ahamiyat berişlarini sörardim", - deya murojaat qildi A.Şodmonov.

Soğliqni saqlaş vazirining qayd etişiça, Prezidentimizning birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini taşkil etişni yanada takomillaştirişga doir qaroriga asosan:
- Qişloq oilaviy poliklinikalari va qişloq vraçlik punktlari patronaj hamşiralarining yöl haqi kompensatsiyasini belgilaş va tölab beriş tartibi töğrisidagi Nizom;
- Şu yilning 1 oktabridan boşlab, kunduzgi statsionari mavjud bölgan qişloq oilaviy poliklinikalari va qişloq vraçlik punktlari faoliyatini reyting tizimida baholaş asosida













