Ilm-fan bilan şuğullaniş igna bilan quduq qazişga mengzalişi bejiz emas. Çunki jamiyat oldida turgan dolzarb masalalar yeçimi ilm-fan yutuqlari bilan çambarças boğliq. Özbekistonda Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida mazkur sohani, olimlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, umrini şunday maşaqqatli işga bağişlagan insonlar mehnatini munosib rağbatlantirişga alohida e'tibor qaratilmoqda. 

ÖzA'ning xabar berişiça, bu jihatlar 14 may kuni Özbekiston Fanlar akademiyasida yirik tarixçi-arxeolog olim, akademik Edvard Rtveladze tavalludining 75 yilligiga bağişlangan marosimda ham öz ifodasini topdi. Tadbirda davlat va jamoat taşkilotlari rahbarlari, Özbekistonda akkreditatsiyadan ötgan diplomatik korpus vakillari, Fanlar akademiyasi a'zolari, yurtimiz va xorijlik olimlar, talabalar, keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.

Prezident Şavkat Mirziyoyevning şu yil 10 maydagi farmoni bilan ilm-fan sohasidagi köp yillik samarali mehnati, yoş avlodning intellektual va ma'naviy salohiyatini yuksaltirişdagi munosib hissasi, mamlakatimizning ijtimoiy hayotidagi faol iştiroki uçun ÖzFA San'atşunoslik instituti bölim boşliği, akademik Edvard Rtveladze «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi.

Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.Aripov yuksak davlat mukofotini E.Rtveladzega tantanali ravişda topşirdi.

Edvard Rtveladze 840 dan ziyod ilmiy iş, jumladan, 41 monografiya muallifidir. Beş yuzdan ziyod ilmiy maqolasi Özbekiston, Rossiya, Italiya, AQŞ, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Gretsiya, Gruziya, Polşa, Hindiston kabi davlatlardagi nufuzli ilmiy naşrlarda çop etilgan. Uning ilmiy rahbarligida 14 fan doktori va fan nomzodlari tayyorlangan.

– Edvard Rtveladzening Özbekiston va Markaziy Osiyo, butun Yevroosiyo tarixi bilan boğliq keng qamrovli ilmiy tadqiqotlari, işlanmalari dunyoning yetakçi ilmiy markazlarida tan olingan, – deydi ÖzFA Yahyo Ğulomov nomidagi Arxeologik tadqiqotlar instituti direktori Amriddin Berdimurodov. – Olimning yurtimiz antik davri tarixini örganişdagi ulkan xizmatlari heç qaçon öz ahamiyati va qiymatini yöqotmaydi.

Akademik mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ham faol iştirok etib kelmoqda. Oliy Majlis Senati (2010-2015 yillar), ÖzFA prezidiumi, köplab davlat va jamoat taşkilotlarining a'zosi sifatida samarali faoliyat olib bormoqda.

Olimning mehnatlari mustaqillik yillarida munosib qadr topmoqda. Özbekistonning Birinçi Prezidenti farmonlariga köra E.Rtveladzega «Buyuk xizmatlari uçun» (2001 y.), «Mehnat şuhrati» (2003 y.) ordenlari, Fan va texnika sohasidagi Davlat mukofoti (2007 y.) berilgan.