Acibadem Bodrum bilan yangi soğlom hayotga qadam taşlang

Turkiya - tibbiy turizm yönalişidagi yetakçi mamlakatlardan biridir. Egey dengizining körkam manzarali qirğoğida joylaşgan Bodrum mamlakat tibbiy turizmining gavhari hisoblanadi. Bu yerda tabiat gözalligining öziyoq inson dardiga malham böladi. Acibadem xalqaro tarmoğining maşhur klinkalaridan biri aynan şu maskanda joylaşgan. Klinikaning yuqori malakali mutaxassislardan iborat jamoasi turli tibbiy yönalişlar böyiça jumladan: onkologiyadan tortib to EKU va estetikaga boğliq kasalliklarga taşxis qöyadi hamda ularni sifatli davolaydi. Yozgi mavsumda bu ajoyib imkoniyat - Bodrumda hordiq çiqariş davomida organizmni töliq sheck-up tekşiruvdan ötkazişni taklif qiladi.
 


Check-up özi nima?

Check-up - organizmning oçiq belgilar namoyon bölmagan holatlarida insonning salomatlik darajasini yoki kasallikni erta bosqiçda aniqlaşga, şuningdek kelgusida yuzaga kelişi mumkin bölgan muayyan kasalliklarga moyilligini kuzatişga yönaltirilgan töliq tibbiy tekşiruv. Taşxisdan ötgandan keyin şifokorlar natijalarni tahlil qilişadi va öz xulosalarini bayon qilişadi. Şuningdek ular xuşbiçimlik uçun zarur bölgan soğlom turmuş tarziga rioya qiliş, jismoniy maşğulotlar, töğri ovqatlaniş borasida muhim tavsiyalar berişadi.  

Sheck-up nima zarur?

Soğliqdan şikoyat yöq bölsa, ehtimol, şifokorga borişga hojat yöq, deb öylarsiz. Biroq şuni unutmangki, köp kasalliklar belgilarsiz keçadi. Bundan taşqari, kasallikni rivojlantirişga olib kelişi mumkin bölgan köplab xavfli omillar mavjud: zararli odatlardan to genetik moyillikkaça (masalan: qandli diabet, kardiologik yoki onkologik kasalliklardan aziyat çekkan qarindoşlar bölişi).

Şu munosabat bilan Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) salomatlikni muhofaza qiliş maqsadida yilda kamida bir marta diagnostik tahlildan ötişni tavsiya qiladi. 

Şifokorlar 30 yoşdan oşgan ayollarga muntazam ravişda ginekolog körigidan ötiş va kökrak saratoni skriningiga tuşişni maslahat berişadi. 40 yoşda bu röyxatga mammografiya qöşiladi, 50 yoşdan keyin yöğon içak saratoni uçun kolonoskopiyadan tekşiruvidan ötib turiş kerak böladi. 50 yoşdan oşgan erkaklarga, hatto şikoyat bölmagan taqdirda ham, muntazam ravişda qon tahlili topşiriş va prostata saratonidan himoyalaniş uçun mutaxassis körigidan ötiş tavsiya qilinadi. Ular ham kolonoskopiya tekşiruvidan ötişi maqsadga muvofiqdir.