Yangi örmon yonğini sababli Bodrumdagi uçta beş yulduzli mehmonxonada yaşovçilar evakuatsiya qilindi. Bu haqda TASS öz manbalariga tayanib xabar berdi.

"Bugun Umurça rayonida yangi yonğin avj oldi, söngra Içmeler rayoniga yetib keldi. Xavfsizlik maqsadida uçta beş yulduzli mehmonxonada yaşovçilar evakuatsiya qilindi", — dedi agentlik suhbatdoşi.

Örmon yonğini çorşanba kuni Antalya viloyatining Manavgat şahri yaqinida boşlandi. Söngra olov boşqa viloyatlarga tarqaldi.

Turkiya favqulodda vaziyatlar boşqarmasi ma'lumotiga köra, tabiiy ofat natijasida olti kişi halok bölgan, 400dan ortiq kişi jabrlangan.

Turkiya prezidenti ma'muriyatining xabar berişiça, yonğinlarni öçirişga 1,1 mingdan ortiq texnika jalb qilingan.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Antalya, Adana, Mersin, Muğla va Usmoniya viloyatlarini falokat hududi deb e'lon qilgandi.