Formula-1 böyiça jahon çempionatida iştirok etuvçi Mercedes Benz jamoasining britaniyalik piloti Lyuis Hemilton Ispaniya Gran-Prisida marraga birinçi bölib keldi. Ikkinçi bölib marraga Ferrari jamoasi yetakçisi Sebastyan Fettel yetib keldi, Red Bull vakili, Daniel Rikkardo uçinçi böldi.
Kimi Raykkonen, Valtteri Bottas va Maks Ferstappen poygani yakunlay olişmadi. Raykkonen va Ferstappen birinçi burilişda özaro töqnaşib ketişdi, Bottas motori işlamay qolgaç, yöldan çiqib ketdi. Stoffel Vandorn ham Felipe Massa bilan töqnaşgaç, trassadan çiqib ketdi.













