Yaponiyaning Toyota korporatsiyasi uçar avtomobilni yaratiş böyiça loyihaga 350 ming dollar ajratişga qaror qildi. Loyiha bilan korporatsiyaning bir neça xodimi köngilli ravişda şuğullanmoqda, deb xabar berdi Nikkei Shinbun gazetasi.

Cartivator nomli loyiha 2012 yilda işga tuşirilgandi, biroq ayni damga qadar internet orqali yiğilgan mablağlar hisobiga rivojlanib kelgan. U 2019 yilga kelib zamonaviy kvadrokopterlardagi kabi törtta rotorga ega bölgan uçar qurilma prototipini yaratişni nazarda tutadi. Işlanma yerda ham oddiy avtomobil kabi harakatlanişi kerak.

Loyiha konsepsiyasi körsatilgan videorolikdan köriş mumkinki, bir örindiqli qurilma 2020 yildagi Tokio Olimpiadasining boş arenasi yonida qönadi, stadionga kiradi va yana havoga kötariladi, uni boşqarayotgan kişi esa olimpiya maş'alasini yoqadi. Kutilişiça, işlab çiqaruvçilar aynan şu muddatga kelib öz rejalari asosidagi uçar avtomobilni yaratişning uddasidan çiqişadi.

Hozirça asosiy muammo qurilmani havoda törtta vint dvigateli hisobidan barqaror uşlab turişdadir. Şuningdek, konstruksiyaning katta oğirligi ham bir qadar murakkablik keltirib çiqaradi.