"Özbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat taşrifi doirasida xitoylik hamkorlar bilan umumiy qiymati 5 mlrd dollarni taşkil qiluvçi 10 ta şartnoma imzoladi. Bu haqda "Özbekneftgaz" boşqaruv raisi Alişer Sultonov ma'lum qildi.
Sultonovning ta'kidlaşiça, muhim hujjatlardan biri özbek gazini Xitoyga eksport qiliş böyiça 3 yillik şartnoma böldi. Sultonov şartnoma summasi va eksport qilinadigan gaz hajmini keltirib ötmadi.
Sultonovning aytişiça, Xitoy Davlat taraqqiyot banki bilan 1,2 mlrd dollarlik kredit kelişuvi imzolandi. Uşbu kredit mablağlari Qaşqadaryo viloyatining Ğuzor tumanida gazni suyultirib beruvçi zavod qurilişiga yönaltiriladi.
Bundan taşqari, Milliy xolding kompaniyasi Xitoy kompaniyasi bilan biogaz qurilmalari işlab çiqaruvçi qöşma korxona yaratiş böyiça kelişuvni imzoladi.









