Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron mamlakat boş vaziri sifatida Gavr şahar meri, markazçi siyosatdon, mamlakat içra katta maşhurlikka erişmagan 46 yoşli Eduard Filippni tayinladi. Garçi bu qaror OAVga ertaroq sezdirilgan, undan hamma xabardor bölgan esa-da, baribir sensatsiya sifatida baholanmoqda. Prezident saylovlarining ğolibi bu ğalabaga erişişida köp mehnati singgan eng yaqin ittifoqçisi Fransua Bayruni heç narsasiz qoldirdi.

Fransiyaning yangi tayinlangan boş vaziri Eduard Filipp va sobiq boş vazir Bernar Kazenev Parijda. 2017 yil 15 may
Bayru Makronga yordam berdi, Makron esa yöq
2016 yilning kuzida — Makron prezidentlik saylovlarida öz nomzodini ilgari surişga qaror qilganida, Filipp özini uning boş vaziri sifatida tasavvur ham qila olmas edi, çunki... u mutlaqo boşqa nomzodni qöllab-quvvatlayotgan edi. Söl markazçilarga taalluqli prezidentdan farqli ölaroq, boş vazir mö'tadil önglardan hisoblanadi va mamlakat rahbarligi lavozimida respublikaçi Alen Jyuppeni körişni istagandi. Biroq dastlabki saylovlarda Jyuppe öz örnini Fransua Fiyonga böşatib berdi va Filipp uni qöllaşni istamadi.
Ovoz beriş kunidan avvalgi hal qiluvçi oylarda Gavr meri axborot agentliklarining xabarlarida biror marta tilga olinmadi. Bu vaqt içida sörovlarga köra uçinçi örinda borayotgan Makron katta ösişga erişayotgan edi. Lekin ikkinçi turni kafolatlaydigan natijaga biroz yetişmayotgan edi. Ana şu yetişmayotgan qöllovni unga markazçi Bayru avvaliga nomzodini saylovga qöyişdan boş tortib, söngra kişilarni Makronni yoqlab ovoz berişlariga çaqirib, taşkillaştirgan edi.
Mart oyida Makron va Bayru örtasida ittifoq tuzilgaç, köpçilik Fransuani boş vazir örniga loyiq körayotgan edi. Makronçilar içidagi ikkinçi raqamli odam parlament saylovlarida öz partiyadoşlari Makron tomonidan qöllab-quvvatlanişidan umid qilayotgan edi. Lekin xayol boşqa, hayot boşqa ekan. Bayru boş vazir lavozimiga ham ega bölmadi, u yetakçilik qilayotgan MoDem harakati qatnaşçilariga esa Makronning «Olğa, Respublika!» harakati tomonidan tasdiqlangan, 428 nomzoddan iborat röyxat içidan faqat 35 örin ajratildi.
Qariyalarga örin yöq
Aftidan, Bayru apparatining mağlubiyati va Fransiya sobiq boş vaziri Manuel Valsning 14 may kuni Makronga nisbatan kuçsiz ayblovlar bilan çiqiş qilişining bir vaqtga töğri kelib qolgani bejiz yuz bermaganga öxşaydi. Qöl ostida Makron iqtisodiyot vaziri bölib işlagan siyosatdon sobiq xodimini «badkirdor» deb atagan va uni sobiq prezident Fransua Ollandga mengzagan: «Olland — badkirdor edi, lekin unda ma'lum bir çegaralar bor edi. Makron — ham badkirdor, boz ustiga, uning çeku çegarasi yöq».











