Germaniyadagi Fraunhofer jamiyati integral sxemalar instituti MP3 raqamli kodlaş formatiga patentlarning amal qiliş muddati tugaganligini e'lon qildi, deb xabar beradi Gizmodo.
Formatni işlab çiqqanlar uni rivojlantirişdan voz keçişga qaror qilişdi hamda uskunalar va dasturiy ta'minotlar işlab çiqaruvçilardan lisenzion yiğimlar yiğişni bas qilişga kelişişdi. Bu esa kelgusida bu standartni qöllovçi uskunalar işlab çiqarilmasligini bildiradi.
Mutaxassislar uşbu standart örnini u ham 1997 yilda Fraunhofer instituti tomonidan yaratilgan AAS formati bosişiga işonişmoqda.
«Ayni paytda mediaxizmatlarning aksariyati zamonaviy ISO-MPEG kodeklaridan foydalanadi: ular hozirça AAC oilasidan, kelajakda esa MPEG-H formatiga ötiladi. MP3ga taqqoslansa — ular köproq imkoniyatlar va past bitreytlarda ança yuqori sifatdagi tovuş taqdim etadi», — deyiladi institutning rasmiy xabarida.
MP3 kodeki (MPEG-1 Audio Layer 3) 1993 yilda işlab çiqilgan edi. U raqamli kodlaştiriş formatlari eng köp tarqalgani va eng maşhuri hisoblanadi. U sakkiz kanal qölloviga hamda 8 dan 48 kilogersgaça diskretizatsiya çastotasiga ega, AACda esa kanallar soni 48 ta, çastota 8 dan 96 kilogersgaça.












