17 may kuni Kaliforniyaning Mauntin-Vyu şahrida Google uçun dasturlar işlab çiqaruvçilar uçun yillik konferensiya boşlanadi. Mobil dasturlaş, yangi interfeyslar va ilovalar uçun platformalar 2017 yilgi anjumanning asosiy mavzulari sifatida qayd etilgan. Quyida Google I/O 2017 konferensiyasida e'lon qilinişi mumkin bölgan 3ta yangilik haqida söz yuritamiz.
Android 8.0 («O»)
Google I/O, odatdagidek, Android dasturiy ta'minotining yangi namunasini namoyiş etiş böyiça asosiy maydon bölib qolmoqda. Albatta, ikkinçi yildirki, uning alfa-namunasi konferensiyadan avvalroq paydo bölmoqda. Bu yil yangi Android 21 martdan boşlab turli dasturlar va ilovalar işlab çiqaruvçilarga havola qilingan edi.
Şu örinda ta'kidlaş joizki, taqdimotga atigi bir neça soat qolganiga qaramay, Android 8.0 rasmiy nomiga ega emas. Hozirça, uning birinçi harfi — «O» ma'lum. Buni şu bilan izohlaş mumkinki, Android dasturining barça asosiy namunalari alifbo tartibida harflar bilan belgilanadi.
Android dasturiy ta'minotining eng sönggi nusxasi şokoladli peçene «Oreo» nomini olişi taxmin qilinmoqda. Google kompaniyasining katta vitse-prezidenti Xiroşi Lokxaymerning The Verge muharrirlaridan biriga yuborgan tviti şundan darak beradi. Biroq, şu bilan birga, u kompaniyaning öziga xos marketing usuli bölişi mumkin.
2017 yili taqdim etilgan Android 7.0 «Nougat» 4,9 foiz qurilmalarga örnatilgan
Android 8.0 dasturiy ta'minotida köplab yangiliklar mavjudligi qayd etilmoqda. Unda faol bölmagan ilovalarning energiya iste'molini kamaytiriş orqali batareya quvvatini tejaş imkoniyati mavjud böladi.
Android 8.0, şuningdek, ma'lum bir qurilmada qöllanilayotgan grafika tizimidan kelib çiqqan holda ilovalar timsollarini avtomatik ravişda özgartiradi. Yorliqlar 3xil körinişda böladi.
Wi-Fi Google Home
Ma'lumki, Google özining birinçi yordamçi-kolonkasini 2016 yilgi I/O anjumanida namoyiş etgandi. Business Insider naşriga köra, 2017 yilmay holatiga köra, Google Home eng ommabop «aqlli kolonka»lar reytingida bozorning 24 foizini egallab, ikkinçi örinda bormoqda.
Google Home muvaffaqiyat qozonayotgandek körinsa-da, özining asosiy raqobatçisi — Amazon Echo kolonkasiga imkoniyatni sezilarli ravişda boy bermoqda. Amazon Echo bugungi kunda bozorning 70,6 foizini nazorat qilmoqda. Uning 2017 yilda 35,6 mln dona sotilişi taxmin qilinayapti. Bu farqni Google Home 2 qisqartira oladimi-yöqmi, vaqt körsatadi.












