Özbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, YuNeSKOning Toşkentdagi vakolatxonasi, Konrad Adenauer nomidagi fondning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi va qator taşkilotlar hamkorligida Toşkent va Samarqand şaharlarida «Özbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar örtasidagi muloqotga yöl» mavzuidagi xalqaro ilmiy-madaniy kongress bölib ötmoqda.

Köhna va hamişa navqiron şaharda davom etayotgan ilmiy-madaniy kongressning ikkinçi kunida Registon maydonining Mirzo Uluğbek madrasasida iştirokçilari uçun özbek gilamçiligi va kaştaçiligining eng sara gilam namunalari hamda sözanalari körgazmasi taşkil etildi. Körgazmada Samarqand şahridagi «Özbekiston madaniyati tarixi» davlat muzeyining fondida saqlanayotgan gilam va sözanalari namoyiş etildi.

Xalqaro ilmiy anjuman davomida «Özbekiston gilamlari va sözanalari dunyo töplamlarida» albomining taqdimoti ham bölib ötdi.

Özbekiston milliy madaniy marosini dunyo xalqlariga namoyiş etiş maqsadida taşkil etilgan uşbu kongressda şarqşunoslik, arxeologiya, tarix, şarq qölyozmalari, numizmatika, töqimaçilik, kulolçilik sohalariga ixtisoslaşgan 120 dan ortiq xorijiy va 100 dan ortiq mahalliy olim va ekspert iştirok etişdi. Xususan, Rossiya, Kanada, Italiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Misr, Koreya, Belgiya, Niderlandiya, Fransiya, Germaniya, Çexiya, AQŞ, Xitoy, Turkiya, Gretsiya, Ozarboyjon va boşqa mamlakatlardan dunyo ilm-fani vakillari — maşhur olimlar, muzeylar va ilmiy institutlar rahbarlari, ilmiy jurnallar muharrirlari, taniqli kolleksionerlar bilan birga YuNeSKO va ICOMOS (Yodgorliklar va osori atiqalarni saqlaş böyiça xalqaro kengaş) vakillari, köp sonli asarlar va kitoblar muallifi bölgan olimlar taşrif buyurişgan. 

Samarqandda ötkazilayotgan tadbir doirasida «Dunyo töplamlarida Özbekistonning madaniy merosi» eksklyuziv madaniy-ma'rifiy media-loyihasining taqdimoti ham bölib ötdi.