“Özbekiston madaniy merosi” kongressi mehmonlari ertalab charter reysi bilan Samarqand şahriga jönab ketişdi. U yerda Registon maydonidagi Uluğbek madrasasida uç seksiya böyiça yiğiliş taşkil etilgan.

Birinçisi - «Özbekiston hunarmandçilik san'ati – tur va maktablar xilma-xilligi». Uning doirasida kaştaçilik va gilam töqiş, sözana va keramika san'atiga bağişlangan taqdimotlar ötkazildi, ma'ruzalar taqdim etildi. Ikkinçi seksiya - «Şarq va Ğarbni boğlab turuvçi ip – Buyuk Ipak Yöli»da qator mavzular böyiça munozaralar bölib ötdi. Uçinçi seksiya «Movaraunnahr kitob san'at» Özbekiston xalqlarining yozma madaniy yodgorliklari, Alişer Navoiy ijodiga bağişlandi.

Şuningdek, kongress mehmonlari Samarqand yaqinidagi Konigil qişloğida qoğoz tayyorlaş böyiça qadimiy texnologiya bilan ham yaqindan tanişişdi. Tadbirda Samarqand va Buxorodan bölgan kalligraflar va miniatyura böyiça ustalar iştirok etişdi, ular xalqaro loyiha qatnaşçilariga şarq yozuvi san'atini namoyiş etib berişdi.