Android dasturiy tizimining yangi namunasi Google kompaniyasining an'anaviy I/O anjumanida namoyiş etildi. Taqdimot marosimi Google’ning YouTube kanalida jonli efirga uzatildi.
Işlab çiqaruvçilar yangi Android O dasturiy ta'minotida optimallaştirişga katta e'tibor qaratgan, xususan, ilovalardagi trafik va ma'lumotlarni GPS orqali yuboriş, fon tartibida işga tuşiriş qisqarişi mumkin.
Yangi funksiyalardan yana biri picture-in-picture (surat içida surat) bölib, u qurilma ekranida bir vaqtning özida ikkita ilova bilan işlaş imkonini beradi. Bundan taşqari, xabarnoma funksiyasi töldirilgan. Ilova yorliği köproq bosib turilsa, yangi xabarni köriş mumkin böladi.
Ilovalar dökoniga, şuningdek, zararli dasturlarga qarşi kuraşuvçi ilova kiritilgan.
Şu bilan birga, yangi dasturiy ta'minotning yakuniy nomi va uning qaçon foydalanişga çiqarilişi ma'lum qilinmadi.












