Gmail'ning Android va iOS poçta servisida "aqlli javoblar" funksiyasi paydo böldi, u foydalanuvçiga suhbatdoş xabari asosida turli javob variantlarini taklif qiladi. Google vakillari Google I/O anjumanida şu haqida ma'lum qilişdi.
"Aqlli javoblar" birinçi marta Gmail asosida işlovçi Inbox ilovasida hamda Allo messenjerida paydo böldi. Funktsiya yozişmalar kontekstidan avtomat ravişda kelib çiquvçi qisqa javoblarni taklif qiladi - masalan, uçraşiş taklifiga servis "Ha! Qaçon?" yoki "Yöq, men bandman" variantlari taqdim etiladi.

Javob variantlari ilova oynasining pastki qismida, javob yoki xabarni qayta yöllaş tugmasi yonida körinadi. Foydalanuvçi javobni yöllaşdan avval unga tuzatiş kiritişi mumkin böladi.
"Aqlli javoblar" funksiyasini birinçi navbatda inglizzabon foydalanuvçilar sinab körişlari mumkin. Kompaniya keyinroq bu funksiyaning ispan va boşqa tillardagi variantini ham qöşişga va'da berdi.











