Bentley kompaniyasining dizayn atelesi hisoblanuvçi Mulliner firmasi Bentayga yöltanlamasining yangi qayta işlangan namunasini taqdim etdi. Yangi maşina Falconry deb nomlanib, qölda terilgan.
Maxsus namunaning öziga xosligi şundan iboratki, uning yukxonasida tabiiy kigiz mato bilan qoplangan ikkita seksiya bor. Ularda ov uçun barça jihozlar mavjud.
Sektsiyalarning birida GPS-antenna, asbob-uskunalar, quşni boğlab qöyiş arqoni, 9 smli, yoğoç dastali yiğiluvçi piçoq bölsa, quti ostidagi teri bilan qoplangan bölimga quşlarni kuzatiş imkonini beruvçi GPS-blok, durbin, ov uçun maxsus qölda tikilgan qölqoplar hamda quşlar uçun ularning boşiga taşlab qöyiladigan qopça qöyilgan.

Ikkinçi qutida 3ta metall termos, stakanlar, körpa va bir martalik nam soçiqlar bor. Yukxonaning yon devorlaridagi maxsus ğiloflarda quşlar uçun maxsus turğiçlar saqlanadi.

Maşina salonida ham quşlar turğiçi dizaynerlar yodidan kötarilmagan. Maşina markaziy qismida qölda 430 dona yoğoç bölagidan 9 kun mobaynida yasalgan mozaika örnatilgan. Panno uçun kaştan, evkalipt, ötkirbarg, zarang, zaytun va tölqinli çinordan foydalanilgan.

Bentley Bentayga 6 litrli W12 dvigateli bilan jihozlanadi. Uning quvvati 608 ot kuçini taşkil etadi. Yöltanlamas ilk «yuzlik»ka 4,1 soniyada çiqadi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 301 kmni taşkil etadi. Maşina, şuningdek, 421 ot kuçiga ega dizel motorli namunasida ham işlab çiqiladi.












