Braziliya federal oliy sudi sudyasi Edson Fakin mamlakat prezidenti Mişel Temerga nisbatan korrupsiyada gumon böyiça jinoiy iş oçişga ruxsat berdi. Bu haqda Globo telekanali xabar bermoqda.  

Tegişli sörov oliy sudga mamlakat boş prokuraturasi tomondan yöllangan. Şu tariqa Temer korrupsiyada rasman gumondorga aylandi. Braziliya qonunlariga köra, mamlakat prezidenti jinoiy ta'qibdan qisman daxlsizlikka ega, şu sababli unga nisbatan tergov faqatgina oliy sud instansiyasi sanksiyasi bilangina boşlanişi mumkin.

Bundan avvalroq braziliyalik tadbirkorlar – aka-uka Joesli va Uesli Batista oliy sudga göyoki Temer parlament quyi palatasining sobiq spikeri, sobiq prezident Dilma Russeff impiçmentining taşabbusçisi Eduardu Kunyuga pora berişni söragani haqidagi yozuvni berişgan. Telekanal ma'lumotlariga köra, pullar Kunyaga "sukut saqlaşi" uçun berilmoqçi bölgan.

Öz navbatida Temer Kunyaga pora berişga uriniş böyiça ayblarni rad etmoqda. Prezident matbuot xizmati tomondan tarqatilgan bayonotda prezident "sobiq spikerning sud bilan hamkorlik qilişiga xalaqit qilişga çorlangan qandaydir bir harakatlarda iştirok etmaganligi va ularga ruxsat bermaganligi" ta'kidlab ötildi.