Şartnoma asosida tahsil oliş uçun narxlar sönggi bor ötgan yili oşirildi. ITest blogi bugungi kunda Özbekiston OTMlarida ta'lim oliş qançaga tuşişini xabar qildi.
Ta'lim olişning eng arzon yönalişlari sifatida pedagogika, sotsiologiya, psixologiya, muhandislik işi va işlab çiqariş texnologiyalari, ijtimoiy işlar, şuningdek atrof-muhitni muhofaza qiliş, sport faoliyati va qişloq xöjaligi mutaxassisliklari bor. Bu yönalişda tahsil oliş uçun şartnoma qiymati 6,65 mln. sömga teng.
Şartnoma asosida öqiydiganlar uçun eng qimmat mutaxassisliklar sifatida jahon iqtisodi va xalqaro iqtisodiy aloqalar, jahon siyosati, huquqşunoslik e'tirof etilgan. Bu yönalişlarda ta'lim oliş summasi 9,85 mln. sömga teng. Iqtisod, iqtisod va boşqaruv sohasidagi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, soğliqni saqlaş sohasida ta'lim oliş biroz arzonroq. Bu yönalişlar talabalari 8,8 mln. sömlik şartnoma pulini tölaydilar.
Özbekistonda şuningdek quyidagi mutaxassisliklar böyiça sirtqi ta'lim oliş mumkin: san'atşunoslik (şartnoma – 3,11 mln. söm), muhandislik işi va işlab çiqariş texnologiyalari (2,2 mln. söm), kompyuter texnologiyalari va informatika, aloqa va axborotlaştiriş, telekommunikatsiya texnologiyalari (2,65 mln. söm).












