Yupqa va konfet orasidagi brilliant közli zargarlik buyumlari, çoy qutisiga joylaştirilgan tilla taqinçoqlar. Ularni noqonuniy olib ötiş uçun qöllanilgan bu usullar Özbekiston bojxonaçilarini çalğita olmadi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati.
Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida bojxonaçilar mazkur tartiblarni buzişga uringan xorijiy fuqaro A.Zakaryanning noqonuniy xatti-harakatlariga çek qöyişdi.
“Moskva-Toşkent” reysi böyiça Özbekistonga kirib kelgan uşbu şaxs bojxonaçilarning közini şamğalat qiliş maqsadida 87 gr. oğirlikdagi qimmatbaho brilliant toşlari bilan bezatilgan tilla taqinçoqlarni turli konfetlar va yupqa, ya'ni lavaşlar orasiga bekitişga uringan.

Ammo, uning qiymati 9 mln. sömdan ortiq bölgan uşbu zargarlik buyumlarini olib ötişga oid qinğir rejasi naf bermadi.
Samarqand xalqaro aeroportida ham salkam 300 gr. oğirlikdagi tilla taqinçoqlarning yaşirin ravişda Özbekistonga olib kirişga bölgan navbatdagi uriniş foş qilindi.
Qozondan uçib kelgan fuqaro A.Burhonov bojxona xodimlarining oğzaki sörovi paytida hamda yölovçi bojxona deklaratsiyasida ma'lum qilmasdan turib, qiymati 38 mln. sömdan ortiq bölgan 45 dona zargarlik buyumlarini çoy qutisiga yaşirgança, olib kirişga uringan ekan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekşiruvlari va suriştiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.
Ta'kidlaş joizki, joriy yilning ötgan 4 oyi davomida Özbekiston bojxonaçilari tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi boşqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 50 dan ortiq qonunbuzarlik holatlarida qiymati salkam 3,5 mlrd. sömlik 23 kg.dan ortiq oğirlikdagi tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib ötilişiga çek qöyilgan.












