Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Jan-Iv Le Drianni Fransiya Respublikasining Yevropa va taşqi işlar böyiça vaziri lavozimiga tayinlangani munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar bermoqda.
“Biz Sizning 2012 yil iyuldagi Özbekistonga taşrifingizni va uşbu taşrif davomida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantiriş istiqbollari yuzasidan batafsil fikr almaşilganini iliqlik bilan eslaymiz, – deyiladi tabrikda. – Biz çuqur işonamizki, mamlakatlarimiz örtasidagi şeriklik uni yanada kengaytiriş nuqtai nazaridan ulkan salohiyatga ega. Buning uçun tomonlar keng va maqbul imkoniyatlarga, xususan, hamkorlikning barça yönalişlarini qamrab oluvçi tegişli şartnomaviy-huquqiy asosga ega.
Tabrikda ta'kidlanganidek, 2017 yil 16 may kuni «Özavtosanoat» AK va Peugeot Citroën guruhi örtasida «Jizzax» erkin industrial zonasi hududida yengil tijorat avtomobillarini işlab çiqariş böyiça qöşma korxona taşkil etiş töğrisidagi Bitim imzolanişi qöşma faoliyatning yana bir ahamiyatli natijalaridan biri böldi.
Özbekiston TIV rahbari Jan-Iv Le Drianning yuqori mansabdagi faoliyati «mamlakatlarimizning döstlik, özaro hurmat va işonçga asoslangan samarali şerikçiligini mustahkamlaşga qöşimça turtki berişi»ga işonç bildirdi.











