Bugun Xokkey böyiça Germaniya va Fransiyada bölib ötayotgan Jahon çempionatining yarim final bahslari bölib ötadi. U Germaniyaning Kyoln şahridagi muz maydonida bölib ötadi. Dastlab, Kanada va Rossiya termalari örtasidagi final öyiniga tenglaştirilayotgan bahs bölib ötadi. Aytiş joizki, Kanada avvalgi ikki jahon birinçiligida ğoliblikni qölga kiritgan. Bundan taşqari ötgan yili sentabrda Torontoda bölib ötgan Jahon kubogi ğolibi böldi. Biroq, bu safar Rossiya termasi ham ança işonçli öyin namoyiş qilmoqda.
Kyolndagi "Lanksess-Arena" maydonida bölib ötadigan öyin Toşkent vaqti bilan 18:15da boşlanadi. 22:15da muzga Şvetsiya va Finlandiya jamoalari çiqib kelişadi. Şvedlar bu safargi çempionatga eng kuçli tarkib bilan taşrif buyurgan.
Finlar jamoasi esa, bu yilgi birinçilikda unçalik ham ajoyib öyin namoyiş eta olayapti, deya olmaymiz.
Xokkey böyiça jahon çempionatining hal qiluvçi final bahslari ham Kyoln şahrida 21 may kuni bölib ötadi. Uçinçi örin uçun bah 19:15da, final kuraşi 23:45da boşlanadi.












