AQŞ prezidenti Donald Tramp Kolumbiya prezidenti  Xuan Manuel Santos bilan uçraşuvdan keyin ötgan matbuot-anjumanda Santosga yanglişib, "koka" giyohvand moddasining örniga "kakao yetiştirişga qarşi kuraşişga" va'da berdi. Tramp talaffuz qilinişi öxşaş bölgan "koka" va "kakao" sözlarini çalkaştirib yuborgan.

Trampning bu yanglişişi videosi internetda katta muhokamaga sabab bölgan.

"Men bugun AQŞ Kolumbiyaga uning rejasini amalga oşirişda yordam berişga tayyorligini tasdiqladim. Bu rejaning maqsadi giyohvand modda aylanmasi va moliyalaştirilişini hamda kakao yetiştirişni yöq qilişdan iborat", deb aytgan Tramp.

Avvalroq Tramp giyohvand modda trafigiga qarşi kuraş uning prezident lavozimidagi eng asosiy maqsadlaridan biri ekanligini aytgan. Giyohvand moddalar trafigi  şuningdek AQŞ va Meksika çegarasida devor qurilişiga sabablardan biri hisoblanadi.