Özbekistonda yagona gidroenergetika sohasi yaratiladimi?
|23:11 / 20.05.201717 75111 min
Foto: energetika.baFoto: energetika.ba
Özbekiston gidroenergetika resurslariga boy mamlakat hisoblanadi. Bu borada respublikamizda özlaştirilişi mumkin bölgan gidroenergetika resurslari yiliga 27,4 milliard kilovatt/soat elektroenergiya işlab çiqariş hajmiga tengligini aytişning özi kifoya. Şu bilan birga, hozirda mamlakatimiz gidroenergetika salohiyatining atigi 6,5 milliard kilovatt/soati yoki 23,7 foizi özlaştirilgan, xolos.
Gidroenergetika resurslari tabiiy, ekologik toza va qayta tiklanuvçi energiya manbai bölgani sababli ulardan foydalanişni har tomonlama kengaytiriş respublikamizning zamonaviy taraqqiyot strategiyasiga mosdir. Bu sanoat va kommunal korxonalari, qişloq xöjaligi va hududlarda axolining elektr energiyasiga bölgan oşib borayotgan ehtiyojini kafolatli qoplaşni, mamlakatimizdagi organik yoqilği zaxiralaridan oqilona foydalaniş va ularni tejaşni, şuningdek, atrof-muhitga zararli çiqindilar çiqarilişi kamaytirilişini ta'minlaydi.
Bugungi kunda Özbekiston gidroenergetika sohasi 36 ta gidroelektrostansiyalarni öz içiga oladi, ulardan 25 tasi qirq-sakson yil muqaddam işga tuşirilgan va özining texnik resurslarini deyarli ötab bölgan, asbob-uskunalar va inşootlar modernizatsiya va rekonstruksiyaga muhtojdir.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 maydagi 2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturi töğrisidagi PQ-2947-sonli qarori respublikamizning gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalaniş, elektr energiya işlab çiqariş tarkibida qayta tiklanuvçi gidroenergetik resurslar uluşini oşiriş, yangi ekologik toza işlab çiqariş quvvatlarini yaratiş hamda mavjud gidroelektrostansiyalarni texnik va texnologik qayta jihozlaş maqsadida qabul qilindi.
Aytiş joizki, gidroelektrostansiyalarning umumiy sonidan yiliga örtaça 5,2 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi işlab çiqariş quvvatiga ega 28 tasi “Özbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tizimiga kiradi, yiliga örtaça 1,3 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi işlab çiqariş quvvatiga ega 8 ta gidroelektrostansiya esa Qişloq va suv xöjaligi vazirligi tasarrufidagi «Özsuvenergo» birlaşmasi tasarrufidadir. Bu kabi böliniş pirovardida gidroenergetika sohasini texnik boşqarişning zaruriy yaxlitligini ta'minlamaydi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan mamlakatimizning suv-energetika resurslarini boşqarişning yagona tizimini şakllantiriş, gidroenergetikani rivojlantirişga izçil ravişda xorijiy investitsiyalarni keng jalb etiş va şu asosda korxonalar va aholining elektr energiyaga bölgan ehtiyoji töliq qondirilişini ta'minlaş maqsadida ilgari “Özbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kirgan, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirligining “Özsuvenergo” birlaşmasiga qaraşli bölgan barça gidroelektrostansiyalarni birlaştiruvçi “Özbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini taşkil etiş közda tutilgan.
Mavzuga oid
“Özbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati zimmasiga quyidagi muhim vazifalar yuklanmoqda:
gidroelektrostansiyalarda elektr energiya işlab çiqariş sohasida yagona texnik siyosatni amalga oşiriş, gidrotexnik inşootlardan xavfsiz va samarali foydalanişni ta'minlaş, şuningdek, gidroenergetika obektlarini markazlaştirilgan texnologik boşqariş;
gidroenergetika salohiyatini kompleks özlaştiriş asosida gidroenergetika sohasini rivojlantiriş dasturlarini işlab çiqiş va amalga oşiriş hamda respublikamizning energetika balansi tarkibida gidroenergetikaning uluşini köpaytirişni ta'minlaş;
yirik, örta, kiçik va mikro gidroelektrostansiyalarni loyihalaştiriş va quriş sohasida zamonaviy va har tomonlama çuqur asoslangan ilmiy-texnik yeçimlar asosida yangi gidroelektrostansiyalar quriş va işlab turganlarini modernizatsiyalaş böyiça investitsiya loyihalarini amalga oşiriş;
yangi gidroelektrostansiyalar quriş va işlab turganlarini modernizatsiya qiliş böyiça loyihalarni amalga oşirişga xorijiy investitsiyalar va ilğor texnologiyalarni jalb etiş böyiça xalqaro kompaniyalar va moliya institutlari bilan hamkorlikni rivojlantiriş;
respublikamizning suv salohiyatiga tejamkorlik bilan munosabatda bölişni ta'minlaş, gidrotexnika inşootlarini quriş va ulardan foydalanişda mavjud flora va faunani saqlaş, şuningdek, mamlakatimizning iqlim, tabiiy va boşqa xususiyatlarini hisobga olgan holda suv resurslarini samarali boşqariş;
gidroenergetika sohasida oliy va örta maxsus ma'lumotga ega bölgan kadrlarni tizimli asosda tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş.
Öz navbatida, “Özbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatiga Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 maydagi PQ-2974- sonli qarori bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturini öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş böyiça ijro etuvçi va mas'ul organ funksiyalari yuklatilganligini ta'kidlaş lozim.
Mamlakatimiz energetika tizimining barqaror va işonçli faoliyatini ta'minlaş maqsadida "Özbekenergo" aksiyadorlik jamiyatining quyidagi huquqlari saqlab qolindi:
mavjud Milliy dispetçerlik markazi orqali "Özbekgidroenergo" aksiyadorlik jamiyati korxonalarini tezkor-dispetçerlik boşqariş masalalarini yaxlit muvofiqlaştiriş;
"Özbekgidroenergo" aksiyadorlik jamiyati korxonalari tomonidan işlab çiqariladigan elektr energiyasini yuz foiz xarid qiliş.
Farmon ijrosi doirasida qabul qilingan Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekgidroenergo" aksiyadorlik jamiyati faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori bilan taşkil etilayotgan “Özbekgidroenergo" aksiyadorlik jamiyatining tuzilmasi tasdiqlandi va uning ustav jamğarmasini şakllantiriş va ta'sis hujjatlarini tasdiqlaş bilan boğliq tegişli topşiriqlar berildi.
“Özbekgidroenergo" aksiyadorlik jamiyatiga respublikamizda va xorijda, jumladan, yetakçi xorijiy injiniring, konsalting va quriliş kompaniyalari bilan hamkorlikda investitsiya loyihalarini hamkorlikda amalga oşiriş uçun konsorsiumlar va ixtisoslaşgan şö'ba korxonalar taşkil etişga ruxsat berildi.
Qabul qilingan qaror bilan "Gidroloyiha" aksiyadorlik jamiyati "Özbekgidroenergo" aksiyadorlik jamiyatining investitsiya loyihalari böyiça loyihaoldi va loyihalaş hujjatlarini işlab çiqiş borasida boş loyihalovçi etib belgilandi, "TöpolangsuvGESquriliş" mas'uliyati çeklangan jamiyatiga esa xalqaro moliyaviy institutlar va donor mamlakatlarning şartlari asosida amalga oşiriladigan investitsiya loyihalaridan taşqari "Özbekgidroenergo" aksiyadorlik jamiyati obektlarini quriş va modernizatsiya qiliş böyiça boş pudratçi funksiyalari yuklandi.
Öz navbatida, "Gidroloyiha" aksiyadorlik jamiyatiga "Özbekgidroenergo" aksiyadorlik jamiyati bilan kelişilgan holda, gidroenergetika obektlarini quriş va modernizatsiya qiliş böyiça investitsiya loyihalari doirasida loyihaoldi va loyiha hujjatlarini işlab çiqiş uçun eng yaxşi mahalliy va xorijiy ixtisoslaştirilgan loyiha va injiniring taşkilotlarini, şuningdek, yetakçi mutaxassislar va ekspertlarni, subpudratçilar sifatida ularning işini muvofiqlaştirgan holda, şartnoma asosida jalb etiş huquqi berildi.
Gidroenergetika sohasining oliy va örta maxsus ma'lumotli, kasb-hunarga ega malakali kadrlarga bölgan talabini aniqlaş va ularni respublikamizning oliy ta'lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarida, idoraviy mansubligidan qat'i nazar, tayyorlaş böyiça mas'ul organ funksiyalari "Özbekgidroenergo" aksiyadorlik jamiyatiga yuklandi.
Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, Özbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va "Özbekgidroenergo" aksiyadorlik jamiyatiga boşqa manfaatdor vazirlik, idoralar va xöjalik birlaşmalari bilan birgalikda bajariş uçun quyidagi topşiriqlar berildi:
gidroenergetika sohasi uçun malakali kadrlar tayyorlaş borasida oliy ma'lumot yönalişlari va mutaxassisliklari, örta maxsus, kasb-hunar yönalişlari, kasblari va mutaxassisliklari röyxatini hamda ularni tayyorlovçi oliy ta'lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarini aniq belgilaş;
gidroelektrostansiyalarda, gidrotexnika va gidroenergetika bilan boğliq korxona va taşkilotlarda majburiy öqiş, amaliyot va tajriba ötaşni kiritgan holda, ta'lim standartlari, öquv rejalari va dasturlarini zamonaviy talablar va xalqaro tajriba asosida tanqidiy qayta körib çiqiş;
har yili ixtisoslaştirilgan oliy va örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga qabul kvotalarini şakllantiriş davomida 2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantiriş böyiça qabul qilingan Dastur amalga oşirilişini inobatga olgan holda, gidroenergetika sohasining malakali mutaxassislarga bölgan haqiqiy talabini inobatga oliş;
oliy ta'lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari bitiruvçilarining tanlagan kasblari va mutaxassisliklari böyiça gidroenergetika sohasidagi korxona va taşkilotlarda iş bilan ta'minlanişlari ustidan nazorat, şuningdek, birinçi navbatda, örta maxsus va kasb-hunar ta'limi muassasalari rahbarlari javobgarligini oşirişning amaliy mexanizmlarini ta'minlaş.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining qabul qilingan qarori va Farmoni amalga oşirilişi quyidagilarga imkon yaratadi:
birinçidan, respublikamizda mavjud barça gidroelektrostansiyalarning moddiy-texnik bazasini va ularga xizmat körsatuvçi quriliş, montaj, ta'mirlaş, sozlaş, ilmiy-loyihalaştiriş taşkilotlarini yagona gidroenergetika sohasiga birlaştiriş;
ikkinçidan, elektr energiyasini işlab çiqariş tartibini muvofiqlaştiriş, gidroelektrostansiyalarning asbob-uskunalari va inşootlaridan köp yillik xavfsiz foydalaniş strategiyasini amalga oşiriş, sohani dinamik rivojlantiriş, huquqiy va normativ-metodik bazasini takomillaştiriş, yuqori malakali mutaxassislarni şakllantiriş orqali gidroenergetikaning taşkiliy, moliyaviy va texnologik boşqaruvini amalga oşiriş;
uçinçidan, zamonaviy texnologiyalar va jihozlarni qöllab, ularni ehtimoliy mujassamlaştiriş va standartlaştiriş, gidroelektrostansiyalarni loyihalaştiriş, quriş va nazorat qilişda xalqaro ilmiy-texnik yutuqlarni qöllaş orqali yuqori energetika körsatkiçlarini va gidroelektrostansiyalarning maqbul iş tartibi va samaradorligini ta'minlaş;
törtinçidan, mamlakatdagi gidroenergetika resurslaridan tölaqonli foydalaniş, mavjud bölgan gidroelektrostansiyalarni yangilaş va töliq işlaşini ta'minlaş, Özbekiston energetika balansi tarkibida gidroenergetika uluşini oşiriş uçun turli quvvatlardagi gidroelektrostansiyalarni qurişni ta'minlovçi gidroenergetikani bosqiçma-bosqiç rivojlantiriş dasturini tatbiq etiş;
beşinçidan, mavjud tabiiy salohiyat va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabat orqali respublikamizda suv va energetika manbalari kompleks özlaştirilişini ta'minlaş, energetika, suv xöjaligi, irrigatsiya, içimlik suvi hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş manfaatlari yölida ulardan oqilona foydalaniş;
oltinçidan, yuqori texnologik mehnat faoliyatining nufuzini rağbatlantirgan holda, gidroenergetika sohasida bilim olişga, könikma va malakalarini oşirişga, turmuş tarzi va sifatini kötarişga intiladigan malakali muhandis-texnik va kasb-hunarli kadrlarni amaliy tayyorlaş, östiriş va tarbiyalaş.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyatini taşkil etiş töğrisida»gi Farmoni va «Özbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi qarori mamlakatimizning energetika mustaqilligini kuçaytiriş, mavjud gidroelektrostansiyalardan samarali va xavfsiz foydalaniş, yuqori manevrli va samarali yangi elektr energiyasi işlab çiqariş taşkilotlarini yaratiş orqali Özbekistonda yagona gidroenergetika sohasini yaratiş yölida ulkan qadam hisoblanadi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi