AQŞning ExxonMobil mobil kompaniyasi Özbekistonga metanoldan yuqori sifatli benzin işlab çiqariş texnologiyasini taqdim etadi. Bu haqda podrobno.uz naşriga UNIS çex kompaniyasi ijroçi direktori Lyuboş Glozar ma'lum qildi.

Investitsion loyihani "Navoiyazot" AJ hududida amalga oşiriş rejalaştirilmoqda. Qurilma yiliga 300 ming tonnagaça metanolni qayta işlay oladi va Yevro-5 standartiga mos keluvçi 100 ming tonnadan köproq yuqori sifatli benzin işlab çiqara oladi. Investitsiyalar qiymati hozirça ma'lum qilinmayapti. 

"Biz ExxonMobil bilan qöşma taklifimizni mutasaddi tuzilmalarga yubordik. Ayni vaqtda ular loyihani amalga oşiriş yöllarini batafsil örganmoqdalar. Umid qilamizki, biz yaqin orada işni boşlaymiz", deb aytdi Glozar.

"Navoiyazot" hududida polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol işlab çiqaruvçi majmua qurilişi yakunlanmoqda. Aynan şu majmua ExxonMobil texnologiyasi qöllangan holda yaratilgan qurilma uçun xom aşyo bazasi böladi. 

"Loyiha kiçik qiymatli emas, biroq 3-4 yil içida tez özini oqlaydi. Bu sinovdan ötgan texnologiya bölib, benzin ekologik standartlarga mos keladi", deb aytdi Glozar.

Uning aytişiça, "Navoiyazot" hududida tegişli joy tanlangan, texnik tayyorgarlik davom etmoqda.

Bundan taşqari, AQŞ kompaniyasi "Özbekneftgaz" MXK bilan hamkorlikni çuqurlaştirişga tayyorligini bildirmoqda hamda neft va gazni çuqur qayta işlaşda qöllanişi mumkin bölgan özida mavjud boşqa texnologiyalarni ham taklif qilişi mumkin.

Bunga misol Farğona neftni qayta işlaş zavodini modernizatsiyalaş bilan yuqori sifatli moylaş materiallari va moylar işlab çiqariş texnologiyasi hisoblanişi mumkin.  

ExxonMobil tomondan metanoldan benzin oliş jarayoni metanolni tovar benzinga aylantirişni ta'minlaydi. Bu benzin deyarli oltingugurtga ega emas va oz miqdorda benzolga egaligi bilan ajralib turadi. Ta'kidlaş joizki, uşbu texnologiya muqobillarga ega emas va faqatgina Xitoy tomondan özlaştirilgan.