«Çelsi» yarihimoyaçisi N'Golo Kante Angliya Premer-ligasining 2016/2017 yilgi mavsumdagi eng yaxşi futbolçisi deb topildi. 

Kantedan taşqari sovrinni qölga kiritiş uçun Eden Azar, Sesar Aspilikueta (ikkalasi — «Çelsi»), Harri Keyn, Dele Alli, Yan Vertongen (barçasi — «Tottenhem»), Romelu Lukaku («Everton») va Aleksis Sançes («Arsenal») da'vogarlik qilgandi.

Foto: Twitter/@premierleague

26 yoşli fransuz futbolçisi ekspertlar guruhi, jamoa sardorlari va muxlislar örtasida ötkazilgan sörovnomada eng köp ovoz olib şunday sovrinni qölga kiritdi.

Kante joriy mavsumda Angliya çempioni unvonini qölga kiritdi, ötgan mavsumda esa u «Lester» bilan bu sovrinni qölga kiritgan va şundan söng «Çelsi» safiga borib qöşilgandi.

Eslatib ötamiz, oldinroq Kante Professional futbolçilar Assotsiatsiyasi (PFA) va Angliya sport jurnalistlari örtasida ötkazilgan sörovnomalarda ham APLning eng yaxşi futbolçisi, deb topilgandi.