Oliy ma'lumotli, nafaqadagi Erali Şeraliyev qonun talablarini juda yaxşi bila turib, litsenziya olmasdan, örta-maxsus ma'lumotli turmuş örtoği Rahimaxon Rahimova bilan hovli uyida, tibbiy talablarga mutlaqo javob bermaydigan şaroitlarda davo istab kelgan bemorlarga taşxis qöyiş, qölbola usulda tayyorlangan malham va damlamalar yordamida noan'anaviy muolajalar qilişni yölga qöyadi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
Xonaki “tabib”lar teri kasalligidan şikoyat qilib kelgan, aslida “allergik dermatit” kasalligiga çalingan bemor yigit notöğri taşxis qöyib, zamonaviy tibbiyotda qöllanilmaydigan va bemordagi kasallikka nomutanosib bölgan usullarda davolaşga kirişişadi. Qölbola usulda çöçqa yoğiga mömiyo qoriştirib, tayyorlangan malhamni badaniga surtişadi hamda tibbiy talablarga javob bermaydigan uy şaroitida, kun issiğida, sellofan klyonkaga öralgan holatda beş-olti soat oçiq havoga yotqizib qöyiş “usuli” bilan beş kun mobaynida “davolaşadi”. Biroq, kör-körona noan'anaviy muolaja aks ta'sir etib, bir neça kundan söng bemor yigit vafot etadi.
Sud tibbiy ekspertizasining qaydiga köra, E.Şeraliyev tomonidan qöllanilgan muolajalar bemorda markaziy nerv tizimi, qon aylanişi, nafas va modda almaşinuvining oğir buzilişiga, boş miya şişişiga olib kelgan. Bemor öz vaqtida tibbiy muassasaga yotqizilib, malakali davolaş muolajalari olib borilganida, hayotini saqlab qoliş mumkin edi.
Sud majlisida “tabib” va uning “hamşirasi”ga tegişli jazo tayinlandi. Biroq amnistiya töğrisidagi qaror bilan ular jazodan ozod etildi.











