Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
General Do‘stum Turkiyaga uchib ketdi
Foto: AFP
Afg‘onistonning birinchi vitse-prezidenti Abdul Rashid Do‘stum mamlakatni tark etib, Turkiyaga parvoz qildi. «Tolo» telekanali Do‘stumning yaqinlariga asoslanib xabar berishicha, vitse-prezident Afg‘onistonni qarindoshlari bosimi ostida tark etgan. Gap shundaki, u xorijda davolash muolajasini o‘tashi kerak bo‘lgan.
Hukumat doirasidagi manbaning matbuotga ma'lum qilishicha, general Do‘stum Turkiyaga juma kuni kechqurun uchib ketgan.
Bundan avval OAVda Afg‘oniston islom respublikasi (AIR) prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani o‘z o‘rinbosarini mamlakatdan tashqariga chiqarib yubormoqchi ekani haqida xabar berilgandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, afg‘on yetakchisi mazkur masalani turk hamkasbi Toyyib Erdo‘g‘an bilan ikki marta muhokama qilgan. Do‘stumni olib ketgani hatto Turkiya samolyoti ham yo‘llangan, biroq birinchi vitse-prezident mamlakatni tark etishdan bosh tortgan.
Mavzuga oid
11:30
Afg‘oniston giyohvand moddalardan tozalanadi – vazir o‘rinbosari jahon hamjamiyatini hamkorlikka chaqirdi
17:49 / 21.04.2026
Turkiya ta’lim dasturlariga o‘zbek–turk do‘stligini urg‘ulovchi qo‘shimchalar kiritildi
14:08 / 21.04.2026
Turkiyada o‘qotar qurol nazorati kuchaytiriladi
10:15 / 17.04.2026