Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedovning özaro muzokaralaridan keyin "Avaza" kongress-markazida ikki tomonlama hujjatlarni imzolaş marosimi bölib ötdi.

Ikki davlat rahbarlari iştirokida quyidagi hujjatlar imzolandi:

- Turkmaniston energetika vazirligi va "Özbekenergo" AJ örtasida elektr energiyani tranzit qiliş va uzatiş haqidagi hamfikrlik Memorandumi;

- Turkmanistonning atrof-muhit va yer zaxiralarini muhofaza qiliş davlat qömitasi va Özbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi  örtasida atrof-muhitni muhofaza qiliş va barqaror rivojlaniş sohasidagi hamkorlik kelişuvi; 

- Turkmaniston sport davlat qömitasi va Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasi örtasida hamkorlik hamda yopiq inşootlarda V Osiyo öyinlari va jangovar san'at turlari böyiça özbek sportçilarining iştirokini taşkillaştiriş  haqidagi bayonnoma; 

- "Turkmenxovayollary" xizmati va "Özbekiston havo yöllari" milliy aviakompaniyasi örtasida hamkorlik Memorandumi;

- "Turkmennebit" davlat konserni va "Özbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi örtasida hamkorlik Memorandumi.

Tomonlar, şuningdek, Aşxobod va Toşkent şaharlari örtasida birodarlik munosabatlarini örnatiş kelişuvi hamda Seyitnazar Seydi nomidagi Turkmaniston davlat pedagogika instituti va Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universiteti örtasida hamkorlik kelişuvini tuzdilar.