Samarqandda köplab qassobxonalarda mol va qöy göşti 28-30 ming sömdan sotilmoqda, suyaksiz lahm göştning bir kilosi 34 ming sömga çiqdi. Korzinka.uz supermarketida bir kilogramm göştning narxi 32.500 sömdan 40 ming sömgaça baholanmoqda.
Göşt narxi köpçilik uçun kutilmagan tarzda oşdi, çunki 2014 yildan beri amalda uning narxi özgarmasdan kelayotgan — göşt şaharda 24–26 ming sömdan sotilayotgan edi. Bungaça göşt narxidagi özgarişlar tez-tez sodir bölib turardi. Taqqoslaş uçun 2010 yildan buyon göşt narxida sodir bölgan özgarişlarni keltiraman. 2010 yilning noyabri: bir kilo göşt 9.000 söm, 2011 yil dekabri – 15.000 söm, 2014 yil fevrali – 22.000 söm, 2014 yil iyuni – 26.000 söm. Sönggi yillarda Samarqandda mol va qöy göşti narxi deyarli bir xil bölganini alohida qayd etiş lozim.
Göştdek kundalik zarur oziq-ovqat mahsuloti narxining keskin oşganligi mahalliy hokimiyatni ham befarq qoldirmadi. Ötgan hafta örtalarida şahar hokimligi Samarqanddagi 70ga yaqin qassobxona hamda barça mahalla fuqarolar yiğinlari raislarini çaqirib, yuzaga kelgan vaziyatni sinçiklab örganib çiqdi. Qassoblarga mol göşti kilosining 24 ming sömdan oşirmaslik tavsiya etildi.
«Mol bozorda mollarning narxi oşgan bölsa, söyilgan göşt özimizga 26 ming sömdan tuşayotgan bölsa nima qilişimiz kerak?», — deydi taniş qassob.
Uning sözlariga köra, u öz yordamçilari bilan molning egasi xonadoniga borib, hökizni öşa yerda söyib, göştini tarozida tortib olib, 26 ming sömdan pulini naqd sanab berar ekan. Molning qolgan hamma narsasi — kallasi, tuyoqlari, terisi, çarvisi, jigarini qassob tekin oladi. Endi qassobning söyilgan bir hökizdan oladigan foydasini hisoblab topiş mumkin. Agar molning sof oğirligi 250 kilogramm bölsa, göştini 30 mingdan sotib, qassob 1 mln. 200 ming tuşumga ega böladi. Agar bunga u bepul qölga kiritgan qismlari ham qöşilsa, uning daromadi 1,5 mln. sömdan kam bölmaydi. Bu bir kundagi daromad, çunki taniş qassobim bir kunda bitta molning göştini ötkazadi. Bilgiçlarning aytişiça, bir yil mobaynida hökiz boqqan, parvarişlagan fermer bunday daromad qila olmaydi.
Endi göştning qimmatlaşgani muammosiga boşqa tarafdan yondaşaylik. Nega mollarning narxi oşdi? Men bu savolni köp yillardan beri mol boqadigan tanişlarimga berib kördim. Ularning aytişiça, toki yem muammosi hal bölmas, fermerlar arzonroq va sifatli yem bilan ta'minlanmas ekan, sohaning rivojlanişi haqida gapiriş örinsiz. Bu muammo keçiktirilmasdan davlat miqyosida hal qilinmoği lozim. Birinçi navbatda, yem-haşak uçun yer maydonlarini kengaytiriş kerak. Albatta, buning uçun ma'lum bir vaqt talab qilinadi, hozirça talabni e'tiborga olib, turli xil yemlarni import qiliş kerak.











