Xorazm viloyati bojxona boşqarmasi tomonidan huquqni muxofaza qiluvçi boşqa organlar bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbir davomida Boğot tumanida yaşovçi fuqaro Norgul Abdullayeva (ism va familiyalar özgartirilgan) özi istiqomat qilayotgan uyining tomorqasiga 255 tup “köknor” giyohvandlik ösimligini ekib, parvarişlab kelayotganligi aniqlandi. Bu haqda Xorazm viloyati bojxona boşqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Tadbir davomida fuqaro Norgul Abdullayevaning uyining yordamçi xonalari közdan keçirilganda jami oğirligi 107,84 gramm köknor giyohvandlik ösimligi uruği va oğirligi 1,98 gramm köknor giyohvandlik ösimligining quritilgan barglari (makovaya saloma) borligi aniqlanib, daliliy aşyo sifatida olib qöyilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Norgul Abdullayevaga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 270-moddasining 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, bugungi kunda tergov va suriştiruv işlari olib borilmoqda.