2017 yilning 19 may kuni, taxminan soat 16:00 larda, Toşkent şahar IIBB xodimlari tomonidan, Olmazor tumanida joylaşgan “Mineral suvlar” blok postida xizmat itini qöllagan xolda davlat raqami 10 Ye 707 JA bölgan “Malibu” rusumli avtoulov közdan keçirildi, deb xabar bermoqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi.

Tekşiruv çoğida avtoulov içida va haydovçi, fuqaro Nuriddin Asatoviç Talipovni egnidagi kul rangli jinsi şimining öng çöntagida jami oğirligi 1,27 gramm “marixuna” giyohvandlik moddalari borligi aniqlangan. 
         
Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan N.A.Talipovga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini ötkaziş maqsadini közlamay, qonunga xilof ravişda saqlaş va taşiş) alomatlari bilan jinoyat iş qözğatilgan.
      
Ayni damda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Şuningdek, Talipovning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.

Özbekiston Respublikasi JPKning 163,203,206 va 207-moddalari asosida “Malibu” rusumli avtoulov olinib, jinoyat quroli deb topilgan.