AQŞ prezidenti Donald Tramp Isroil va Falastinga ikki kunlik taşrifini boşlamoqda. U ikki davlat örtasiga tinçlik qilişga va'da berar ekan, özidan avvalgi davlat rahbarlari amalga oşirolmagan işni qanday uddalaşiga oydinlik kiritgani yöq. 

Mahalliy yetakçilar, Al Quds va Baytlahmga taşrif buyurişni rejalagan Amerika davlat rahbariga mavzularga boy uçraşuvlarni tayyorlamoqda. Mazkur taşrif, allaqaçon, "tarixiy" deb atalayotgan bölsa ham u amaliy natijaga ega böladimi-yöqmi, noma'lumligiça qolayapti. 

"Men prezident Tramp bilan  Qöşma Ştatlar va Isroil örtasidagi muhim hamda kuçli ittifoqni yanada mustahkamlaş yöllarini muhokama qilmoqçiman. Biz xavfsizlik borasidagi aloqalarimizni mustahkamlaymiz hamda tinçlikka erişiş yöllarini muhokama qilamiz", — degan Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu.

"Öylaymanki, bitimga erişiş borasida katta imkoniyat bor… Men Isroil xalqini sevaman va alaloqibatda isroilliklar va falastinliklar tinçlikka erişişlarini xohlayman. Umid qilamanki, bu öylanganimdan ham tezroq amalga oşadi", — degan prezident Isroilning "Israel xa-Yom" naşriga bergan intervyusida. 

Tramp, bunga qadar, Isroil va Falastin yetakçilari Netanyaxu hamda Mahmud Abbosni Oq uyda qabul qilişga ulgurgan edi. Ularning ikkisi ham Amerikaning yangi tinçlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga tayyorliklarini bildirgan edi. Biroq, hozirça, ularning mohiyati oşkor qilingani yöq. Şu bilan birga, isroillik siyosatçilar va matbuot bu safar ham yangi taşabbus nimadan iborat ekaniga aniqlik kiritilmasligini taxmin qilmoqda. 

"Hozirça, bu taşrif biror amaliy natija bilan yakunlanişi ma'lum emas", — deb yozgan Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman Facebook sahifasida.

"Haaretz" gazetasi, öz navbatida, Oq uydagi manbalariga asoslangan holda yozişiça, Trampning taşrifidan közlangan maqsad 2014 yildan beri muzlatilgan Falastin-Isroil muzokaralarini qayta boşlaş emas. "Biz yetakçilarning uçraşuvi yoki uç tomonlama muzokaralarni boşlaş vaqti keldi, deb hisoblamaymiz. Bunga hali erta", — deya manba sözlarini keltiradi gazeta. 

Naşrning yozişiça, Tramp bu safarida Netanyaxu va Abbosni "tinçlik muzokaralarini boşlaş uçun qulay şaroit yaratiş maqsadida özaro işonçni mustahkamlaydigan çoralar körişga çaqiriş bilan çeklanadi". 

Saudiya Arabistonidan uçib keluvçi Trampni Tel-Aviv xalqaro aeroportida Netanyaxu va hukumatning barça a'zolari kutib oladi. U bu yerdan vertolyot yordamida Quddusga yöl oladi va bu yerda Netanyaxu hamda Isroil prezidenti Reuven Rivlin bilan uçraşadi. Taşrif dasturiga köra, nasroniylik va yahudiylik dinlarining muqaddas qadamjolarini ziyorat qiladi.