Amerikalik oğir vaznli boksçi Şennon Briggs doping testidan öta olmadi. Uning doping namunasi ijobiy natija bergan. Bu haqda Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) saytida xabar qilingan.
2006-2007 yillarda Butunjahon boks taşkiloti (WBO) tasnifi böyiça jahon çempioni bölgan 45 yoşli boksçining tahlillarida testosteronning yuqori darajasi qayd etilgan. Tahlil WBA Fair Boxing dasturi doirasida Dopingga köngilli ravişda test topşiriş assotsiatsiyasi (VADA) tomonidan aniqlangan.
Şu yilning yanvar oyida taşkilot WBA tasnifi doirasida «doimiy» çempionlik unvoni uçun Briggs va puertorikalik Fres Okendo örtasidagi bahsga ruxsat bergan edi. U 3 iyunda bölib ötişi kerak edi. Uşbu jang ğolibi rossiyalik Aleksandr Ustinovga qarşi unvonini himoya qilişi kerak edi.
Rossiyalik boksçi promouteri Vladimir Xryunovning «R-Sport» naşriga xabar qilişiça, Ustinov jamoasi Okendo bilan muzokaralarni boşlab yuborgan. Uşbu boksçilar örtasidagi jang 8 iyul kuni Londonda bölib ötadi.












