Ispaniya huquq-tartibot organlari «Barselona»ning sobiq prezidenti Sandro Roselni hibsga oldi. Bu haqda El Mundo xabar tarqatdi.
Reyter xabariga köra, Kataloniyada milliy gvardiya va politsiya iştirokida önlab uylar va ofislarda ötkazilgan reyd vaqtida Roseldan taşqari yana bir neça kişi qölga olingan.
Rosel Braziliya terma jamoasining imij huquqlaridan komission pul işlagan jinoiy tarmoqqa a'zolik va şu tarmoqda «pul yuviş»da gumon qilinmoqda. Rosel va uning şeriklari soliq borasida «jannat» hisoblangan mamlakatlardagi ofşor kompaniyalari orqali 35 million yevro «pul yuvgan» bölişi mumkin.
Xabar qilinişiça, Rosel «Barselona»ni boşqarişdan avval Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) bilan hamkorlik qilgan. Rosel bu işi uçun özining Ailanto Marketing kompaniyasidan foydalangan va Braziliya terma jamoasining örtoqlik uçraşuvlaridan foyda körgan. Keyin esa u pullarini turli fondlarda yaşirgan.
«Pul yuviş» işida CBF’ning sobiq prezidenti Rikardo Teyşeyra ham iştirok etgani gumon qilinmoqda.
Avvlroq, Rosel bilan FBR şuğullanayotgani va unga nisbatan suriştiruv işlarini boşlagani xabar qilingan edi.
Rosel 2010 yildan 2014 yilgaça «Barselona» prezidenti sifatida işlagandi. U 2013 yili Neymarning «Santos»dan «Barselona»ga ötişidagi moliyaviy firibgarlikka ham aralaşgan. 2016 yilning noyabrida Ispaniya sudi Neymarning transferi böyiça işni yopgandi. May oyida Neymarga qarşi iş yana oçildi, unga Neymar, oila a'zolari, «Barselona»ning hozirgi prezidenti Xosep Bartomeu bilan birgalikda Sandro Rosel ham jalb etilgan. Prokuratura Rosel uçun 5 yillik qamoq jazosi söragan.












