2017 yil 23 may kuni Toşkent şahrida Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi tomonidan “Nuroniylarning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinçlik va osoyiştalikni ta'minlaşdagi örni” mavzusida matbuot anjumani taşkil etildi. Unda “Nuroniy” jamğarmasi boşqaruvi rahbariyati, mas'ul xodimlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etişdi.

2016 yil 28 dekabrda Prezidentning “Özbekiston faxriylarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş  “Nuroniy” jamğarmasi faoliyatini yanada takomillaştiriş  çora-tadbirlari töğrisida”gi  Farmoni hamda “Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatlar keksalarni qöllab-quvvatlaş davlat tizimini yanada takomillaştiriş, qariyalar va faxriylarni ijtimoiy himoyalaş, ularning faolligini oşiriş, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida tölaqonli iştirok etişlari uçun şart-şaroitlar yaratiş, tinçlik va osoyiştalikni ta'minlaşdagi rolini oşirişga xizmat qilmoqda.

Anjumanda ta'kidlanganidek, bu vazifalarni hayotga tatbiq etiş “Nuroniy” jamğarmasi oldiga bir qator muhim vazifalar qöyadi. Çunonçi, yoşlarni Vatanga muhabbat, keksalarni e'zozlaş ruhida tarbiyalaşga qaratilgan ijtimoiy faoliyatga jalb etiş, keksalar turmuş sifatini yanada yaxşilaş, ularning ijtimoiy faolligini qöllab-quvvatlaş borasida joylarda tizimli işlar amalga oşirilmoqda.

Matbuot anjumanida Farmonning 10-bandi ijrosi 9 may — Xotira va Qadrlaş kuni munosabati bilan “Qahramonlik, burç va fidoyilik” hamda “Ajdodlarni xotirlaş — muqaddas qadriyat” şiorlari asosida ötkazilgan tadbirlar misolida tahlil qilindi. Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining şu yil 4 apreldagi “Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarini rağbatlantiriş töğrisida”gi Farmoni hamda “Xotira va qadrlaş kuniga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori uşbu maqsadlarni samarali amalga oşirişda dasturilamal bölgani alohida ta'kidlandi. 

Mazkur huquqiy hujjatlar ijrosi doirasida yurtimiz ozodligi, şa'nu şarafi himoyaçilariga bağişlangan turli badiiy keçalar, uçraşuvlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar ötkazildi, keksalarga alohida izzat-ikrom körsatildi. Ular moddiy rağbatlantirildi. 

Xususan, 1941-1945 yillarda faşizm ustidan qozonilgan ğalabaning 72 yilligi nişonlanişi munosabati bilan hamda uruş qatnaşçilari va nogironlarini moddiy rağbatlantiriş maqsadida 2017 yil 1 maygaça yurtimizdagi 1615 nafar Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilariga ikki million sömdan bir martalik pul mukofotlari töliq va tantanali vaziyatda topşirildi. 

Şuningdek, ularga Prezident nomidan sovğa-salomlar, Özbekistonda işlab çiqariladigan zamonaviy avtomobillarni imtiyozli xarid qiliş maxsus sertifikatlar topşirildi. 12 nafar Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi uy-joy bilan ta'minlandi. Şu maq¬sadida jamğarma hisobidan 1 milliard 301 million söm mablağ ajratildi. 172 nafar uruş va mehnat fronti faxriylarining uy-joy ta'mirlanib, bu işlar uçun 2 milliard 322 million söm ajratildi. 135 nafar ehtiyojmand uruş qatnaşçisi nogironlik aravaçasi, eşi¬tiş moslamasi va boşqa zaruriy jihozlar uçun 131,35 million söm mablağ sarflandi. Uruş qatnaşçilariga 55,2 million sömlik dori-darmon vositalari yetkazib berildi.