Özbekiston Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov Jahon soğliqni saqlaş assambleyasining 70-sessiyasida iştirok etmoqda. Bu haqda Kun.uz’ga Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Şu yilning 22 may kuni JSSTning yuqori organi hisoblanuvçi Jahon soğliqni saqlaş assambleyasining 70-sessiyasi oçildi. Unda 194 ta a'zo davlatlar qatorida Özbekiston delegatsiyasi ham qatnaşmoqda.
Har yili JSSTga a'zo davlatlarning soğliqni saqlaş sohasi böyiça rahbarlari Jahon soğliqni saqlaş assambleyasining sessiyasida iştirok etiş uçun Jyenevaga taşrif buyuradi. Sessiya davomida iştirokçilar JSST faoliyatini körib çiqib, öz oldiga yangi maqsad va vazifalar qöyadi. Jahon soğliqni saqlaş assambleyasining bu yilgi sessiyasida soğliqni saqlaş sohasiga doir murakkab masalalar va ularning yeçimiga doir çora-tadbirlar körilmoqda.

22 may kuni sessiyaning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Tadbir davomida, ya'ni 23 may kuni JSSTga a'zo davlatlar Taşkilotga yangi boş direktor saylaşi kutilmoqda.












